1. Geografik axborot tizimlari (GIS) haqida umumiy tushuncha
2. GIS tasnifi 3. GISning boshqa fanlar va texnologiyalar bilan aloqadorligiGeografik axborot tizimlari (GIS) haqida umumiy tushuncha Geografik axborot tizimlari (GAT, keyinchalik umumiy qabul qilingan atamasi - GIS ishlatiladi) XX asrning 60-yillaridan boshlab rivojlana boshlagan, lekin bu tizimning keng rivojlanishi 90-yillarga to‘g‘ri keladi. Bunga sabab shu keyingi 20 yil ichida kompyuter texnologiyasining ancha rivojlanishi bo‘ldi. Kartalar yaratishning "Qog‘ozli" deb atalgan odatdagi texnologiyasi bilan bir qatorda geografik axborot tizimidan foydalangan holda kartalar yaratishning kompyuterli texnologiyasi jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Oddiy qilib aytganda, GISga tabiat va jamiyat ob’ektlari va hodisalari haqidagi topografik, geodezik, er, suv resurslari va boshqa kartografik axborotni yig‘ish, ularga ishlov berish, EHM xotirasida saqlash, yangilash, taxlil qilish, yana qayta ishlashni ta’minlovchi avtomatlashtirilgan apparatlashgan dasturli kompleks, deb ta’rif bersa bo‘ladi. Barcha GISlarda ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, xotirada saqlash, yangilash, taxlil qilish va ma’lumotlarni kompyuterda yoki etarli darajada tasvir xususiyatini qayta ishlay oladigan maxsus dasturda texnik vositalar orqali ushbu jarayonlarni bajarish usullari e’tiborga olingan. Demak, GIS — turli usullar bilan to‘plangan tabiiy tarmoqlar haqidagi keng mazmunli ma’lumotlar bazasiga tayangan mukammal rivojlangan tizim hisoblanadi. Hozirgi paytda foydalanish sohalarining kengligi jixatidan GISning tengi yo‘q — u navigatsiya, transport, qurilish, geologiya, harbiy ishlar, iqtisodiyot, ekologiya va boshqa sohalarda keng qo‘llanilmoqda. Geografik axborot tizimlari er tuzishda, turli tizim kadastrlarida, kartografiyada va geodeziyada keng qo‘llanilmoqda, chunki katta hajmdagi statistik, fazoviy, matnli, grafikli va boshqa ko‘rinishdagi ma’lumotlarni qayta ishlash va ularni tasvirlashni GIS tizimisiz mumkin emas. Bugungi kunda ilmiy tadqiqotlar va amaliy faoliyatda ko‘plab GISlar ishlatiladi, lekin ular orasida shaxsiy GISlar keng tarqalgan. Jumladan, ularga GeoDraw, GeoGraph (Rossiya Geografiya instituti), AtlasGis, WinGis, ArcInfo, MapInfo (AQSH) va boshqa dasturlarni misol keltirish mumkin. Umuman olganda kartalar yaratishning GIS-texnologiyasini quyidagicha tasavvur qilsa bo‘ladi:
1. Tayyorgarlik ishlari. Elektron taxeometrlar va SR8 asboblaridan, tasvirlarni qayta ishlash vositalaridan, izlanishlar raqamli ma’lumotlaridan, avtorlik originallardan, mavjud fond kartalari va boshqalardan dastlabki ma’lumotlarni to‘plash. Kartografik va fond materiallarini, rastrli tasvirlarni bir xil masshtabga keltirish, so‘ngra ularni kompyuter xotirasiga joylash. 2. YAratilayotgan kartaning mavzuli qatlamlarini, ularga tegishli jadvallarni ishlab chiqish va ularni taxlil qilish. Ma’lumotlar bazasini yaratish. Ob’ektlar tasnifi mavjud jadvallar (atributlar) va matn ma’lumotlarni EHM xotirasiga kiritish. SHartli belgilar tizimini ishlab chiqish. 3. Kartaning mavzuli qatlamlarini muvofiqlash, kartografik tasvirni hosil qilish va ularni taxrir qilish. Kartaning komponovkasini ishlab chiqish va uni nashrga tayyorlash. Kartani nashr qilish. Oxirgi bir necha o‘n yillardan buyon insoniyat axborot suronini boshidan kechirmoqda. U yildan-yilga kuchayib, inson faoliyatining ko‘plab sohalariga kirib bormoqda. Bugungi kunda kartograflar ko‘plab manbalardan olinadigan axborotlardan foydalanish mobaynida topografik, turli mavzuli geografik kartalar va atlaslarni tuzish, aero va kosmik tasvirlarni deshifrovka qilish, dalada o‘lchash natijalarini qayta ishlash va kompyuter tizimlarida ma’lumotlarni to‘plash bo‘yicha boy tajribaga egalar. Ma’lumotlarning ko‘plab turlarini vaqt o‘tishi bilan tez-tez o‘zgarib turishi, oddiy usulda tuziladigan qog‘ozli kartadan foydalanishni ancha qiyinlashtirib yubormoqda. Bugungi kunda tezkor axborotlarni qabul qilish, ularning dolzarbligini ko‘rsatish faqatgina avtomatlashtirilgan tizim kafolatlashi mumkin. SHu o‘rinda zamonaviy GIS - bu ko‘p miqdordagi grafikli va mavzuli ma’lumotlar bazasiga ega bo‘lgan, baza asosida ish bajarish imkoniyatiga ega bo‘lgan modelli va hisobli funksiyalar bilan birlashgan, fazoviy ma’lumotlarni kartografik shaklga aylantirish, turli xulosalar chiqarish va monitoring ishlarini amalga oshiradigan avtomatlashgan tizim, deb qaraladi. Bugungi kunda kompyuter savodxonligi omma orasida ancha oshgan. GISda tuzilgan karta oddiy qog‘ozli kartadan yaxshi bezalgani, kompyuterli shakldaligi, qo‘lda bajarib bo‘lmas darajadagi aniqligi va boshqa bir qator afzalliklari bilan farq qiladi. Kartaga istagancha o‘zgartirish kiritish, yangi mazmun va bo‘yoq berish, diagramma va boshqa ma’lumotlarni kiritish, o‘chirish va h.k. ishlarni bajarsa bo‘ladi. Buning uchun muallifning shaxsan o‘zi karta tuzishning kompyuterli texnologiyalari bilan mukammalroq tanishishi va ular asosida karta tuzib ko‘rishi kerak. Karta yaratishning bu texnologiyasi bugungi kunda, birinchidan - sezilarli darajada universallashgan, ikkinchida - juda tez rivojlanayotgan, inson faoliyatining hamma sohalarini qamrab olayotgan jarayondir. Geografik axborot tizimlari sohasida asosiy bilimlarni beruvchi rus va chet mamlakatlar halqlari tillaridagi kitoblarda va GISning turli sohalariga oid bo‘lgan monografiyalar va konferensiya materiallari orqali tadqiqotchilar GIS tizimiga ham nazorat va ham amaliy yangiliklar kundan- kunga ko‘plab kiritmoqdalar. Hozirgi paytga kelib GISning 20 dan ortiq ta’rifi mavjud bo‘lib, ularning har biri o‘zicha e’tiborga loyiq. Internet va davriy ravishda chop etilayotgan ilmiy jurnal va adabiyotlarda GISning qo‘yidagicha ta’riflari keltirilgan: 1. A1eggu J. GIS - bu ichki pozitsionirlangan avtomatik fazoviy axborot tizimi bo‘lib, malumotlarni kartografik tasvirlash, taxrir qilish va boshqarish uchun yaratiladi. 3. S1agse K.S. GIS - bu fazoviy taqsimlangan hodisalar, jarayonlar va voqealarni kuzatishda nuqtalar, chiziqlar va maydonlar ko‘rinishida bo‘lgan manbalarning malumotlar bazasidan iborat bo‘lgan axborot tizimining maxsus holatidir. 4. Pedspi A. GIS - bu foydalanuvchilarning maxsus talablarini aniq konsepsiya va texnologiyalar tarkibi doirasida qoniqtirish maqsadida EHMlarda malumotlarni fazoviy qayta hisoblash, grafikli va kartografik o‘zgartirish uchun qo‘llaniladigan ko‘pgina modellar birlashmasini o‘zida mujassamlagan dinamik uyushgan ma’lumotlar tizimidir. 5. Kopespu M. GIS - bu geografik tadqiqotlar va ularning natijalaridan amaliyotda foydalanish K. GIS - bu geografik ma’lumotlarini saqlash, ularga ishlov berish va natijalarni tasvirlay oladigan apparat-dasturli vosita va inson faoliyatidan iborat bo‘lgan majmuadir. 2. Veg uchun qulay bo‘lgan malumotlarni to‘plashni, EHM xotirasiga kiritishni, ishlov berishni va uzatishni amalga oshiruvchi shaxslar, texnika va tashkillashtirish vositalaridan iborat bo‘lgan tizimdir. 6. Koshkarev A V. GIS - bu fazoviy ma’lumotlarni yig‘ish, ularga ishlov berish, tasvirlash, tarqatish, atrof muhit ob’ektlarini ro‘yxatga olish, natijani tahlil qilish, modellashtirish, bashoratlash va boshqarish bilan bog‘liq ilmiy va amaliy geografik masalalarni echishda samarali foydalanish uchun joy haqidagi malumotlar va bilimlarni birlashtirishni ta’minlaydigan apparat-dasturli inson-mashina majmuasidir. 7. Langeforce B. GIS - bu tarkibida xudud haqidagi komponentlar ma’lumotlariga ega bo‘lgan, yig‘ish, uzatish, saqlash, ishlov berish va axborot berishdan iborat tizimdir. 8. Lillecand P. GIS - bu ma’lumotlar bazasini kengaytirishga, ma’lumotga ishlov berishga, ularni karta va jadval ko‘rinishida tasvirlashga, xo‘jalik faoliyatining u yoki bu masalasi echimi to‘g‘risida qaror qabul qilishga moslashgan ma’lumotlar bazasi, apparatura, ixtisoslashgan matematik ta’minot va dasturlar to‘plamidan iborat bo‘lgan tizimdir. 9. Mas.Donald C.L., Grain I.K. GIS - bu geografik aniq ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash, murakkablashtirish, qidirish va tasvirlash uchun loyihalashtirilgan tizim. Kartografik asosga nisbatan geografik aniqlangan, mavzuli qatlamlar ko‘rinishida saqlanayotgan ma’lumotlar ustida ishlashga va ularni boshqarishga moslashgan tizimdir. 10. Simonov.A V. GIS - bu geografik koordinatali ma’lumotlarni raqamli tasvirlash, to‘ldirish, boshqarish, ko‘paytirish, tahlil qilish, matematik-kartografik modellashtirish va obrazli tasvirlash uchun yaratilgan apparat-dasturli vositalar va algoritmik muolajalar tizimdir. 11. Star J.I., Cosentino M.J., Foresman T.W. GIS - bu malumotlarni yig‘ish, saqlash, izlash va ular ustida ishlash uchun yaratilgan aniq fazoviy tizimdir. GIS - bu aniq fazoviy malumotlarni boshqarish va taxrir qilish vositasidir. 12. Tikunov V.S. GIS - bu malumotlarni yig‘ish, tizimlash, saqlash, ishlov berish, baholash, tasvirlash va tarqatishni amalga oshiradigan va ular asosida yangi axborot va bilimlarni olish vositasi sifatida qaraladigan interaktiv tizimdir. 13. Trofimov A.M., Panasyuk M.V. GIS - bu avtomatik vositalar yordamida amalga oshirilgan tabiat va jamiyat orasidagi tasvirning territorial sohalari, ularni izlash, ma’lumotlarini kiritish, modellashtirish va boshqa dasturiy ta’minot haqidagi bilimlar tizimlari omboridir. 14. Vitek J.D., Walsh St. J., Gregory M.S GIS - bu qaror qabul qilishni quvvatlash uchun geografik jihatdan aniq malumotlarni kiritish, umumlashtirish va taxlilni taminlashga qaratilgan axborot tizimidir. 15. Asosiy iboralarning ma’noli lug‘ati: Geoinformatika. GIS - bu fazoviy malumotlarni yig‘ish, saqlash, ishlov berish, kiritish, tasvirlash va tarqatishni ta’minlovchi axborot tizimidir. 16. Raklov V. P. GIS - bu fazoviy ob’ektlar haqidagi malumotlarni yig‘ish, to‘plash, saqlash, ishlov berish, tasvirlash, taxlil qilish va tarqatish uchun mo‘ljallangan texnika va dasturiy vositalar, texnologik, tashkiliy- metodik va axborotli ta’minot tizimidir. Bu ta’riflarning ko‘pchiligida GIS haqida o‘xshash so‘z va gaplar mavjud bo‘lsada, umuman ishlatilmagan iboralar ham bor. Bu esa GISni kundan-kunga murakkablashayotganini bildiradi, uni chuqurroq o‘zlashtirmasdan tushunish va tassavur qilish qiyinligini anglatadi. Kartografiya kursidan malumki, karta - Er yuzasining, osmon jismlarining yoki kosmik fazoning kichiklashtirilgan, umumlashtirilgan, matematik jihatdan aniqlangan tasviri bo‘lib, ma’lum tizimli shartli belgilar asosida ularda joylashgan yoki proeksiyalangan ob’ektlarini ko‘rsatadi. Ob’ekt sifatida kartada tasvirlangan ixtiyoriy voqea va hodisalar tushuniladi. Bizning predmetga yaqin bo‘lgan GISning quyidagi ta’rifini keltirishimiz mumkin: GIS- bu tabiat va jamiyat to‘g‘risidagi topogeodezik, Er resurslari va boshqa sohalardagi kartografik ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash, saqlash, yangilash, tahlil qilish va tasvirlashni ta’minlaydigan apparat-dasturli avtomatlashgan kompleksdir. Insoniyat hayotida kompyuterlarning o‘rni o‘sib borib, birinchi darajaga raqamli axborot texnologiyalari ko‘tarilmoqda. Axborot deganda GISda harf, raqam yoki tasvir shaklidagi ma’lumotlar tushuniladi. Barcha uslublar, texnikalar, amallar, vositalar, tizimlar, nazariyalar, yo‘nalishlar va h.k. axborotni yig‘ish, qayta ishlash va foydalanishga qaratilgan bo‘lib, ular birgalikda axborot texnologiyalari deyiladi, GIS esa shularning biri bo‘lib hisoblanadi. GISni bilishning eng oddiy usuli - u bilan ishlash, uning imkoniyatlarini ish jarayonida bilib olishdir. Aslida GIS - bu bitta texnik vosita bo‘lib, uning yordamida faqatgina chiroyli qilib kartani jihozlash emas, balki echimi mavjud bo‘lmagan ba’zi masalalarni echish ham mumkin. SHu sababli GISning imkoniyatlari juda katta. Demak GIS - turli usul va uslublar yordamida real borliq to‘g‘risida to‘plangan katta hajmli axborotlarni o‘zining ma’lumotlar bazasida jamlab, ishlay oladigan keng rivojlangan kompyuterlashgan aniq tizimdir. Fazoviy ob’ektlar sifatida biror bir fazoviy nuqtaga bog‘langan joy ob’ektlari va hodisalar tushuniladi, ya’ni bu ob’ektlarning boshqa ob’ektlarga nisbatan joylashgan o‘rni, shakli, o‘lchamlari ahamiyat kasb etadi. Fazoviy ma’lumotlar esa ob’ektlarning fazoda va boshqa ob’ektlarga nisbatan joylashishi va geometriyasini ifodalovchi ma’lumotlar hisoblanadi. Bugungi kunda GISga foydalanilishi jihatidan teng keladigan tizim yo‘q, chunki uni bilimlarning barcha sohasida qo‘llash mumkin. SHunga qarab boshqa fanlarda GISni tushunish bo‘yicha ba’zi ta’riflarni ham keltiramiz. Tabiiy geografiyada GIS tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni, ularning kelib chiqishini, o‘zaro bog‘liqligini va er yuzasida tarqalganligining mohiyatini tushuntiradi hamda bu metodlarni amalga oshirish imkonini yaratadi; har qanday tadqiqot va qarashlarga fazoviy yondashish kerakligini tavsiya etadi. GIS orqali geografiya fani oldida turgan muhim vazifalarini echish uchun juda zarur bo‘lgan kuchli qurolga ega bo‘lib bormoqda. Bu fanda GISni malumotlarni yig‘ish, tizimlash (tartibga solish), saqlash, ishlov berish, baholash, tasvirlash va tarqatishni amalga oshiradigan va ular asosida yangi axborot va bilimlarni olish vositasi sifatida qaraladigan interaktiv tizim, deb ta’riflasa bo‘ladi. Ijtimoiy va iqtisodiy geografiyada GISdan foydalanib, ro‘yxatli- statistik ma’lumotlarni to‘plash, ularni qayta ishlash, tasvirlash ishlarini bajarish mumkin. Ijtimoiy-iqtisodiy kartalarda generalizatsiya ishlari matematik metodlar va avtomatizatsiyani qo‘llash natijasida bajarilib, iqtisodiy geografiyani haqiqiy geografik yo‘nalish olishini va formal- statistik usuldan ajratilishini ta’minlaydi. Bu fanda GIS - apparat- dasturli vosita va inson faoliyatidan iborat bo‘lgan geografik malumotlarini saqlash, ularga ishlov berish va natijalarni tasvirlay oladigan majmua sifatida qaraladi. CHet mamlakatlar geografiyasida turli xususiyatli va turli mamlakatlar tillaridagi ma’lumotlarni to‘plash, ularni bir-biri bilan bog‘lash, mavjud manbalar bilan taqqoslash ishlari jarayoni bajariladi. Bu esa tizimli avtomatlashtirilgan “bilimlar bankini” yaratishni talab qiladi. Bu fan sohasida GIS apparat-dasturli inson-mashina majmuasi deb qaralib, ma’lumotlarni yig‘ish, ularga ishlov berish, zarur bo‘lganda tasvirlash va tarqatish, modellashtirish va bashoratlash bilan bog‘liq ilmiy va amaliy geografik masalalarni echishda samarali foydalanishni ta’minlaydigan tizim sifatida tushuniladi. Aholi geografiyasida mantiqiy-matematik taxlillar qo‘llanilib, avtomatik ravishda ma’lumotlar bazasi hosil qilinadi. Ular asosida turli ijtimoiy-iqtisodiy voqea va hodisalarning monitoringini tashkil etish ishlari bajarilishi mumkin. GIS bu muayyan fan sohasida zarur bo‘lgan chora tadbirlarni dalil bo‘la oladigan ma’lumotlar banki bilan ta’minlaydigan, geografik jihatdan fazoviy-xududiy bog‘langan malumotlarni kiritish, ularni taxlil qilish va umumlashtirish hamda foydalanuvchini zarur axborotlar bilan ta’minlash tizimi, deb tushuniladi. Geografiyaning boshqa sohalarida, eng avvalo, yo‘nalishida argumentlarni (nima maqsadda, qanday mahsulot, ijtimoiy ishlab chiqarishning sohalari bo‘yicha va h.k.) hamda sohalaraor genetik bog‘liqlik kabi jihatlarini o‘z ichiga oladi. Bunday masalalarni echishda analitik, faktologik, sintetik kartalarni yaratish, ierarxik ma’lumotlar bazasini tuzish zarur. GIS bu sohalarda geografik jihatdan aniq ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash, murakkablashtirish, qidirish va tasvirlash uchun loyihalashtirilayotgan tizim, deb ta’riflanadi. Xulosa qilib aytganda, yangi zamonaviy GIS-texnologiya fanini geografiya va Erni o‘rganish sohasidagi barcha fanlar bo‘yicha tayyorlanayotgan mutahassislarga albatta o‘rgatish zarur, degan tavsiyani beramiz.GISni ilmiy-texnik adabiyotlarda ko‘pchilik mualliflar u yoki bu muhim yo‘nalishi, belgisi yoki boshqa ko‘rsatkichlari bo‘yicha tizimlashga harakat qilmoqdalar. Eng ko‘p tarqalgan tasnif bizningcha qo‘yidagi xossalarga asoslangan bo‘lishi kerak:
- maqsadiga ko‘ra - foydalanish sohasi va hal etayotgan masalalari va vazifalari bo‘yicha; - muammoli-mavzuli yo‘nalishiga ko‘ra - qo‘llanish sohasi bo‘yicha; - qamrab olgan hududiga ko‘ra - mazkur GIS malumotlari bazasini tashkil etadigan raqamli kartografik malumotlar masshtablari qatori bo‘yicha; - geografik ma’lumotlarni tashkil etish usuliga ko‘ra - kartografik ma’lumotlarni EHM xotirasiga kiritish formati, saqlashi, ishlov berishi va tasvirlashi bo‘yicha. GIS maqsadiga ko‘ra - ko‘p maqsadli, axborot-ma’lumotnomali, monitoring va inventarizatsion, tadqiqotli, boshqaruvli, o‘quv ishlariga mo‘ljallangan, nashrli va boshqa yo‘nalishli bo‘lishi mumkin. Muammoli - mavzuli yo‘nalishiga ko‘ra - ekologik va tabiatdan foydalanish maqsadlari uchun, ijtimoiy-iqtisodiy, er kadastriga oid, geologik, muxandislik inshootlari va shahar ho‘jaligi, favquloddagi vaziyatlar, ekologik, navigvsion, transport, savdo-marketing, arxeologik va boshqa yo‘nalishlilarga ajratiladi. Qamrab olgan hududiga qarab - global, umummilliy, regional, lokal, sohalar miqyosidagi GISlarga bo‘linadi. Geografik malumotlarni tashkil etish usuliga qarab - vektorli, rastrli, vektor-rastrli yoki uch o‘lchamli GISlar bo‘lishi mumkin. Har bir amaliy sohalarda o‘ziga xos maxsus talablar, iboralar mavjud, lekin GIS boshqa axborot tizimlaridan farqli ravishda fazoviy geografik xususiyatli axborotlar bilan ishlaydi. Bugungi kunda GISni qo‘llayotgan soha va tarmoqlar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: 1. Er resurslarini boshqarish, er kadastrida. 2. Ishlab chiqarish infratizimi, ularni boshqarish va obektlar inventarizatsiyasida. 3. SHahar qurilishida, arxitektura, sanoat va transport qurilishini loyihalashda, muxandislik izlanishlarida va rejalashtirishda. 4. Istalgan soha bo‘yicha mavzuli kartalashtirishda, atlaslar va mavzuli kartalarni tuzishda. 5. Dengiz kartografiyasi va navigatsiyasida. 6. Aeronavigatsion kartalashtirishda va havo kemalari harakatini boshqarishda. 7. Suv resurslarini boshqarish va suv kadastrida; suv ob’ektlarining inventarizatsiyasi va suvning mavsumiy va yillik holatlari hamda bashoratlashda. 8. Navigatsiya va er transporti harakatini boshqarishda. 9. Masofadan turib zondlash va kosmik monitoringda. 10. Tabiiy resurslardan foydalanish va ularni boshqarishda (suv, o‘rmon xo‘jaligi va boshqalarda). 11. Joy rel’efini tasvirlash va taxlil qilishda. 12. Tabiiy muhitdagi jarayonlarni modellashtirish, tabiatni muhofaza qilish tadbirlarni olib boishda. 13. Atrof muhit monitoringida, texnogen oqibatlarni baholashda, favqulodda va krizisli vaziyatlarni hal etishda. 14. Ekologik muammolarni belgilab, dolzarbligini baholashda va ularni bartaraf etish choralarini ishlab chiqishda. 15. YUk tashishni rejalashtirish va tadbirkorlikda. 16. Geologiya, mineral-xom ashyo resurslari va tog‘ jinslarini qazib olish sanoatlarida. 17. Transport va telekommunikatsiya tarmoqlarini maqsadli rivojlantirishda. 18. Marketing va bozor iqtisodiyotini taxlil qilishda. 19. Arxeologiyada. 20. Xududlar va shaharlarning rivojlanishini kompleks boshqarish va rejalashtirishda. 21. Havfsizlik, harbiy ish va razvedkada. 22. O‘rta, maxsus va oliy talimda. 23. Qishloq xo‘jaligida va boshqa sohalarda. Ro‘yxatda keltirilgan sohalarni bir nechta asosiy guruhlarga ajratsa bo‘ladi: birinchi guruhga hisob-ro‘yxatli sohalarni kirish mumkin, ularda GIS joyda bajarilgan o‘lchashlar natijalariga tayanadi (masalan, er kadastri, katta korxonalarning taqsimlangan ishlab chiqarish infrastrukturasini boshqarish va boshqalar); ikkinchi guruhga, GIS tizimida boshqarish va qaror qabul qilish ishlarini bajarishga mo‘ljallangan sohalarni; uchunchi guruhga modellashtirish va murakkab taxlillarni o‘z ishlarini bajaradigan sohalarni kiritish mumkin. Ro‘yhatdagi sohalardan eng ko‘p GIS bilan ishlaydiganlari asosan, birinchi guruhga taalluqli. SHu sababli bugungi kunda amalda qo‘llanilayotgan va foydalanilayotgan GISlarning ko‘pchiligi o‘lchash natijalarini qayta ishlab chiqishga va ularni tahlil qilishga mo‘ljallangan. GIS bilan ishlayotganda kompyuter ekranida bir yoki bir nechta kartani (yoki plan-sxemani) ko‘rish mumkin. Ish jarayonida tasvirning detallashganlik darajasini oson o‘zgartirish, ayrim elementlarini kichiklashtirish yoki kattalashtirish mumkin. Masalan, shaharda biror bir uyni, uning pod’ezdini, atrofidagi ob’ektlarni ko‘rishimiz mumkin. Bundan tashqari, Siz ma’lumotlarning mavzuli tarkibi bo‘yicha boshqarish ishlarini ham olib borishingiz mumkin, masalan, foydali qazilmalar kartasida ish paytida kerakli bo‘lmagan ba’zi foydali qazilmalar tasvirlangan kartalarni yopib qo‘yish; zarur bo‘lgan qatlamlarni esa ko‘rsatish mumkin. Biror ob’ektni belgilab u haqida ma’lumot olish mumkin: masalan, binoning narxini, kimga qarashli ekanini, holatini, ob’ektning o‘lchamini, uning shahar asosiy muhandislik tarmoqlariga ulanganligini va h.k. Bu ko‘rsatkichlarni kompyuter monitorida bevosita o‘lchash ham mumkin. GISda maxsus qidiruv tizimi ham mavjud. Talabingizga binoan sizni qiziqtirgan ob’ektlar ko‘rsatkichlari haqida talab shartlari tuziladi va avtomatik ravishda talabingizga javob qaytariladi. Masalan, maydonning 0,1 ga dan kam bo‘lmagan va temir yo‘l bekatidan 3 km uzoqda joylashgan barcha suv havzalari, 1 km dan oshmagan masofada joylashgan er uchastkalari ekranda ko‘rsatilsin va h.k. Maxsus vositalar orqali ma’lumotlarni analitik qayta ishlab, juda qiyin masalalarni ham echish mumkin, ya’ni real borliqning modelini hosil qilish. Masalan, suv va boshqa quvurlar trassasida ro‘y beradigan portlashlarni kutilishi mumkin bo‘lgan kungilsiz holatlarni bashorat qilish; ifloslanishning tarqalish yo‘nalishini tadqiq qilib, tabiiy muhitga etkaziladigan ofatni hisoblash, natijada unga qarab rejalarni belgilash mumkin.GIS asosiy ilm va texnologiyalarga tayanadi va bunday soha fanlari bilan yaqin aloqada bo‘ladi, jumladan: geografiya, kartografiya, aerokosmik metodlar, geodeziya, fotogrammetriya, informatika, matematika, statistika va boshqalar (2.1-rasm). Geografiya:
- GIS asosida geografiya tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar, ularning kelib chiqishi, o‘zaro bog‘liqligi va er yuzida tarqalishi mohiyatini tushuntiradi; uzoq muddatli fazoviy tahlil tajribasiga asoslanib, ularni tadqiq qilish metodlarini amalga oshirish imkonini yaratadi; har qanday tadqiqot va qarashlarga GIS fazoviy yondashish kerakligini ta’kidlaydi; - geografiya fani o‘z oldida turgan vazifalarini echishda GISdan foydalanib, juda zarur bo‘lgan kuchli metodik qurolga ega bo‘ladi. Kartografiya: - hozirgi vaqtda GISga kiritilayotgan asosiy manbalar - kartalar va tasvirlanadigan asosiy ma’lumotlar ham kartalarda bo‘lib hisoblanadi; - kompyuter grafikasi esa kartografik manbalarni raqamli bayon etishga o‘z usullarini taqdim etadi; - kartografiya GISdan foydalanish mobaynida ixtiyoriy kartografik mahsulotlarni yaratish uchun kuchli vosita va juda katta hajmdagi qurilmalarga ega bo‘ladi.Masofadan turib zondlash:
- samolyot yoki boshqa vositalardan olingan suratlar GIS uchun asosiy geografik ma’lumotlar manbai bo‘lib hisoblanadi; - masofadan turib olingan zondlash materiallari deshifrovka qilingach, GISning boshqa turdagi ma’lumotlari qatlamlari bilan osongina birlashtiriladi; - rasmlar orqali taxlil ishlarini GISning o‘ta murakkab analitik funksiyalari yordamida bajariladi. Geodeziya: - Erda olib borilgan plan olish natijasidan yuqori aniqlikdagi topografik karta, u asosida esa ko‘plab mavzuli kartalarni tuzish imkoni yaratiladi; - Erning va boshqa planetalarning shakli va o‘lchamlari haqida sifatli ma’lumotlar olishni, er yuzasidagi tayanch nuqtalarni aniqlash metodlarini ishlab chiqishni, erlardan foydalanishda ekin turlari chegaralarini aniq belgilashni ta’minlaydi; - qishloq xo‘jalik erlarining holatini va ulardan foydalanish karta va planlarni OR8 va elektron taxeometrlarni qo‘llash asosida tuzish metodlari va uslublari o‘rganiladi. Fotogrammetriya: - er yuzasida joylashgan obektlarning o‘rnini, o‘lchamini va shaklini aniqlash metodlarini fotografik tasvirlar orqali ishlab chiqadi, bular esa aero- va kosmik fotosuratlarni qayta ishlash texnologik jarayonining asosiy qismi bo‘lib hisoblanadi. Informatika: GIS GeografiyaGeografiya GeografiyaGeografiyaGeografiya GeografiyaGeografiyaGeografiya KartografiyaKartografiya KartografiyaKartografiyaKartografiyaKartografiyaKartografiya KartografiyaKartografiyaKartografiya Masofadan tadqiq Masofadan tadqiq Masofadan tadqiq Masofadan tadqiq Masofadan tadqiq Masofadan tadqiq Masofadan tadqiq Masofadan tadqiq Masofadan tadqiq Masofadan tadqiq Masofadan tadqiq Masofadan tadqiq Masofadan tadqiq qilish qilishqilishqilishqilish GeodeziyaGeodeziya GeodeziyaGeodeziya GeodeziyaGeodeziyaGeodeziya FotogrammetriyaFotogrammetriyaFotogrammetriyaFotogrammetriyaFotogrammetriyaFotogrammetriyaFotogrammetriya FotogrammetriyaFotogrammetriyaFotogrammetriyaFotogrammetriyaFotogrammetriya InformatikaInformatikaInformatikaInformatikaInformatikaInformatika InformatikaInformatikaInformatika Matematika va Matematika va Matematika va Matematika va Matematika va Matematika va Matematika va Matematika va Matematika va statistikastatistikastatistika statistikastatistikastatistikastatistikastatistikastatistika - avtomatik loyihalashda, ma’lumotlarni kiritish, tasvirlash va uzatishda, u asosida esa uch o‘lchamli ob’ektlarni hosil qilishda alohida ahamiyat kasb etadi; - kompyuter grafikasida erishilgan yutuqlar grafikli ob’ektlarni qayta ishlashda, namoyish etishda, ayniqsa nashr qilish vositalarida keng ishlatilmoqda; - ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (SUBD) - ma’lumotlarni raqamli ko‘rsatishda, katta hajmli axborotlarni tizimini o‘rganishda va qayta ishlashda, ularga murojaat qilishda, saqlashda va yangilashda etarli darajada usullar bilan ta’minlamoqda; Matematika va statistika: - GIS matematikaning turli sohalarida - geometriya, shakllar va ma’lumotlar bazasi nazariyasi, boshqarishni optimallashtirish, statistika va boshqarish tizimlarini loyihalashda, fazoviy ma’lumotlarni taxlil qilishda va modellashtirishda keng qo‘llanilmoqda. Hozirda GIS Er yuzasining millionlab tadqiqotchilariga xizmat qilayotgan soha hisoblanadi. Ular GISni turli sohalarda qo‘llamoqdalar - global muammolarni o‘rganishda (xududlarning ifloslanishi, qishloq xo‘jaligini qayta tashkil etish, tabiiy ofatlarni o‘rganish va h.k.) va amaliy masalalarni echishda (punktlar orasidagi masofalarni aniqlashda, yangi aholi punktlarini optimal joylashtirishda, elektr energiyasi va neft va gaz tarmoqlarini o‘tkazishda, mahaliy boshqarish tashkilotlarining er munosabatlari masalalarini echishda va h.k.). Bunday yirik masalalar GISda qanday echiladi? Buning uchun GISning tuzilishi, ishlash prinsipi va undan foydalanish yo‘llarini ko‘rib chiqamiz.Hozirgi vaqtda jahonda ko‘plab GISlar ishlab chiqilgan, lekin ularning imkoniyatlari bir xilda emas. Zamonaviy GISlarni uchta yirik guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruhga istalgan kartalarni yaratish imkonini beruvchi, kuchli rivojlangan, hujjatlashtirilgan va turli xususiyatli ma’lumotlarni kompyuterga kiritish vositalariga ega bo‘lgan (degitayzerlar, skanerlardan tortib to kosmik tasvirlarga ishlov berishgacha), juda katta hajmli axborotlarga ishlov beruvchi va quvvati ancha katta ishchi stansiyalarni, yoki juda katta quvvatli shaxsiy kompyuterlarga va tarmoqli kompyuter tizimlariga o‘rnatilgan dasturlarni keltirish mumkin. Bunday toifali GISlarning yorqin vakillari - INTERGRAPH, PROGIS va ESRI hisoblanadi. Bu tizimlar (GEOMEDIA, MGE, ArcInfo va h.k.) universal bo‘lib, ulardan turli sohalarda samarali foydlanish imkoni bor. Ikkinchi guruhga shaxsiy uy kompyuterlariga o‘rnatilgan GISlarni kiritish mumkin, ular yuqorida keltirilgan tizimlarga qaraganda biroz kamroq imkoniyatlarga ega bo‘lsada, birinchi navbatda ilmiy va amaliy- boshqarish masalalarini echishga mo‘ljallangan. Bu tizimlarda tasvirning sifatiga, ishlanayotgan ma’lumotlar hajmiga, ma’lumotlar muhofazasiga va ularni saqlashga qatiy talablar qo‘yilmaydi. Bu tizimlar ko‘pchilik korxonalarda, tashkilotlarda va istalgan kichik ofislarda ishlatilishi mumkin. Bunday tizimlarning asosiy vakillaridan MapInfo, AtlasGIS, ArcView va boshqalarni misol keltirsa bo‘ladi. Bu toifali tizimlarda yirik GISlarning (INTERGRAPH va boshqalar) foydalanuvchiga mos keladigan versiyasi ishlatiladi. Boshida bu yirik tizimlar quvvatli grafikli stansiyalar uchun yaratilgan, ularni kamroq quvvatli, xotirasi cheklangan va ishlash tezligi past shaxsiy kompyuterlarga o‘tkazish nazarda tutilmagan. SHunga qaramasdan bunday dasturlar shaxsiy kompyuterlarga o‘rnatilmoqda. Albatta, dasturning ishlash tezligi sekin, tasvir sifati yaxshi emas, boshqa zarur imkoniyatlari ham yo‘q. Lekin bu dasturlarda ishonchli bir yutuq bor - u ham bo‘lsa, ishchi stansiyalardagidek o‘xshash versiyalari bilan mos kelishligini ishlab chiqaruvchi firmalar tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlashidir. Uchinchi guruhga shaxsiy uy va ma’lumotnomali maqsadlarda foydalaniladigan GIS tizimlari kiritiladi. Bunday GISlar “yopiq” xususiyatga ega bo‘lib, foydalanuvchi tomonidan ma’lumotlarga yoki tizimga katta o‘zgartirishlar kiritishga yo‘l berilmaydi, yoki kam o‘zgartirish kiritish imkoniyatini beriladi. Masalan, ma’lumotlar bazasidagi yozuvlarni taxrir qilish yoki yangi yozuvlarni kiritish mumkin emas. Bu GISlar ancha arzon bo‘lib, shaxsiy kompyuterlardan juda kam imkoniyatlarni talab qiladi. Zamonaviy GIS tizimini tadqiqot uchun tanlashda foydalanuvchi tomonidan quyidagilarga e’tibor qaratiladi: GISlar yordamida qanday masalalar hal etilishi kerakligiga, oqibatda qanday natija olinishi kutilayotganligiga, ishlanayotgan ma’lumot hajmining kattaligiga, hal etilayotgan masalalarning dolzarbligiga, ularni hal etish uchun qanday yondashilib, qanchalik darajada sezilarli natijalarni olishga.Xorijiy GIS tizimlarining ayrimlari ustida to‘xtalamiz. Hozirgi paytda jahonda ko‘plab GISlar mavjud bo‘lib, ularning maqsadi turlicha: ayrimlari ma’lum bir sohada ishlashga yo‘naltirilgan bo‘lsa, boshqalari tarmoq tizimida ishlatilishga mo‘ljallangan. Quyidagi sharhda biz o‘rta masshtabli mavzuli kartalarni tuzish uchun etarli darajada mos keladagan GISlarni ta’riflashga harakat qildik. ArcInfo Hujjatli ma’lumotlari: Ishlab chiquvchi – ESRI, Inc. (AQSH).Birinchi versiyasining ishga tushirilgan vaqti – 1982 y. Hozirgi versiyasi nomeri – 8.0.2. 2000 yildan boshlab bugungi kungacha kompyuterlarga 350 000 ta dasturlar o‘rnatilgan. So‘nggi versiyasi ishlaydigan platforma – Windows NT, UNIX (Solaris Digital, UNIX AJX va h.k.), etkazib beruvchi firma -“Data+”. Tizim haqida umumiy ma’lumotlar: Maqsad - to‘liq funksional GIS Qo‘llaniladigan sohalari:
- xususiy mulkchilikni, er tuzish va ko‘chmas mulkni, soliq tizimini kartalashtirish va kadastr kartografiyasini olib borish; - erlardan foydalanishni rejalashtirish, erlarning yaroqli ekanligini taxlil qilish, mintaqalarni rayonlashtirish va kompleks baholash; - yuqori sifatli kartografik ishlab chiqarish; - transportni boshqarish, yuk tashishni rejalashtirish va optimillashtirish, yangi transportli yo‘nalishlarni tashkil etish; - demografik va sotsiologik tadqiqotlarni olib borish, saylov okruglarini GIS tizimi bilan ta’minlash; - transport, sanoat, uy-joy qurilishi to‘g‘risidagi tadqiqotlarni bajarish; - tabiiy resurslarni baholash va boshqarish ishlari olib borish; - xo‘jalik taqsimotini (energotarmoqni, quvurlar o‘tkazishni, yo‘l ho‘jaligini) boshqarish; - militsiya, yong‘in havfsizligi, tibbiy va boshqa xizmatlarda kartalashtirish; - ekologik monitoring va atrof-muhitni baholash va bashoratlash ishlarini bajarish; - korxonalarni joylashtirishni optimiallashtirish, xizmat doirasini taqsimlash; - mintaqalar va tarmoqlarga mablag‘larni rejalashtirish, marketing tadqiqotlar va boshqalar. Interfeys tavsifi va tizimning ochiqligi. Foydalanish interfeysi - standart AutoCAD interfeysi, suzuvchi panellar, kursor, menyu va boshqa MS Office menyusiga o‘xshash panellar. Boshqa dasturiy mahsulot bilan aloqadorlik imkoniyati - AutoCAD 2000 tizimi orqali amalga oshiriladi. Rus tilidagi versiyasi - bor. Tizimning afzalliklari. To‘liq funksional AutoCAD muhitli geoaxborot majmua. U AutoCAD funksional quvvatiga kartografik qurollar va GIS tahlil funksiyasini rivojlanishi ma’lumotlar ustidan boshqarishning yangi imkniyatlarini qo‘shadi, GIS topologiya ishlarini ta’minlaydi. Bunga kartografik ma’lumotlarni “tozalash” vositalarining katta to‘plami kiradi, ya’ni ob’ektlarning har xil turli tashqi hujjatlar bilan bog‘liqligi va ularning GIS chiziqlarini AutoDesk mahsulotlari Autodesk World Hujjatli ma’lumotlari: Ishlab chiqaruvchi – Autodesk (AQSH). Joriy versiyasining tartib raqami 2.5. Joriy versiyani keltirib berishning boshlanishi - 1999 yilning iyul oyi. So‘nggi versiya amalqiladigan platforma - Windows 95, NT. Tizim haqida umumiy ma’lumotlar. Maqsad - geoaxborot tizimtayyorlash. Ishlab chiqaruvchi - Autodesk (AQSH). Tizimdan foydalanish haqida ma’lumotlar. Grafikli ma’lumotlarning ichki shakllari - Geobase, DWG (ZD topologiya ma’lumotlarining tarkibi ikki hissalik aniqlikda). Rastrlar shakllari -JPEG, TIFF, BMP, EPS, IFF, DCX, WMF, Photoshop, Photo CD va boshqalarda. Interfeys tavsifi va tizimning ochiqligi. Foydalanish inetrfeysi - MS Office ning suzuvchi panellar, kursor, menyu va boshqa MS Office 95, MDI menyusiga o‘xshash panellarga mos keladi. Foydalanish interfeysini o‘zgartirish imkoniyati - interaktiv sozlash, dialogli darcha va menyularni ifodalash tilini tashkil qilish, ma’lumotlarni chiqarish, menedjeri panellarini interaktiv sozlash va boshqalar. Dasturlashtirishning ichki tili yo‘q. Tizimning afzalliklari. Ma’lumotlarga qayta ishlash bermasdan tizim tarkibiga kiritish, CAD va GIS turli ma’lumotlarning hammasini yiriklashtirish (yig‘ish) mumkin. Ma’lumotlarni yig‘ish, taxrir qilish, tasvirlash, MB murojaat qilish va CAD va GIS fazoviy ma’lumotlar uchun rastr, vektor, atributivlari bo‘lgan hisobotlarni joylashtirish mumkin. Ob’ektning hoxlagan turi boshqa tashqi ma’lumotlar bilan aloqador AutoMap Hujjatli ma’lumotlari: Ishlab chiqaruvchi – ZAO “Udmurtgrajdanproekt”. Nomi - Automar. Dastlabki versiyaning foydalanish yoki ishlashi uchun joriy qilish sanasi - 1996 yil, joriy versiya tartib raqami - 3.2. Joriy versiyani keltirib berishning boshlanishi – 2000 yilning fevral oyi. So‘nggi versiyalar Windows 95, 98, 2000, T larning platformasida ishlaydi. Tizim haqida umumiy ma’lumotlar. Maqsad - yirik masshtabli rejalar uchun katta hajmli ma’lumotlar bilan harakterlanuvchi, nisbatan o‘rtacha xududiy GISni tashkil etadi. Qo‘llaniladigan sohalari - sohali kadastrlarda, loyihalashda,axborot - ma’lumotnomali tizimlarda va boshqalarda. Tizimdan foydalanish haqida ma’lumotlar. Grafikli ma’lumotlarning ichki formatlari - xususiy; ma’lumotlar bazasining ichki shakllari - bVASE III/IV. MIF/MID formatlar orkali boshqa dasturlar bilan ma’lumot almashish mumkin. Interfeys ta’rifi va tizimning ochiqligi. Foydalanish interfeysi – Windows kabi. Foydalanish interfeysini o‘zgartirish ehtimolligi - foydalanuvchi tomonidan asosiy menyu va kontekst menyuga buyruqlar qo‘shish; ularning ishorasi Automation interfeysi orkali; Automap ma’lumotlari bilan tashqi dasturlar ustidan boshqarishni bajarish. Dasturlashtirishning ichki tili – yo‘q. Tizimning afzalliklari. Katta hajmli rastrli va vektorli ma’lumotlar bilan tizimli resurslarga past talablar qo‘yilganda ishlash mumkin. Sifatli taxrirlik qilish, ma’lumotlarning turli xilini birgalikda kompyuter xotirasiga joylash, hisoblash ishlarini bajarish, “BelGIS” Hujjatli ma’lumotlari: Ishlab chiqaruvchi - GUP VIOGEM. Dasturiy mahsulotning nomi - BelGIS. Dastlabki versiyani foydalanishga joriy qilish sanasi - 1996 yil. Joriy versiyaning tartib raqami - 3.1. So‘nggi versiya Windows 95, NT platformalarida ishlaydi. Tizim haqida umumiy ma’lumotlar. Maqsad – ko‘p maqsadli kadastrlar uchun geoaxborot tizimlarining kuchli qurollangan va maxsus ishlarga asoslangan GIS vositalarini yaratishdir. Qo‘llaniladigan sohalari - shahar qurilishi va arxitekturada, er munosabatlari, huquqni ro‘yxatga olishda, ko‘chmas mulkni va xududlarni boshqarishda, ekologik modellashtirishda, ilmiy tadqiqotlar va boshqalarda. Tizimdan foydalanish haqida ma’lumotlar. Grafikli ma’lumotlarning ichki formatlari – xususiy. Ma’lumotlar bazalarining ichki shakli - Net Base. Interfeys ta’rifi va tizimning ochiqligi. Foydalanish interfeysi - standart Windows muhitiga o‘xshash. Dasturlash ichki tili – Net Script. Rus tilidagi versiyasi bor. Hujjatlari - foydalanuvchiga rahbariy ko‘rsatmalar, gipermatnli qo‘llanmalar, kontekstli ma’lumotnomali biblioteka, mantli fayllar va boshqalar mavjud. Tizimning afzalliklari. Katta o‘lchamli (400 Mb dan ortiq) rastrlar bilan amaldagi vaqtda, yuqori darajada sifatli ishlash; vektorlovchi SUBD Geo DRAW Hujjatli ma’lumotlari: Ishlab chiqaruvchi - Rossiya FA sining Geografiya instituti Geoaxborot tadqiqotlari markazi - RFA GI GISM(ruscha SGI IG RAN). Dastlabki versiyani ishga tushirishga joriy etish sanasi - 1991 yil. Joriy versiyaning tartib raqami - 1.14. Keltirib berish boshlanganidagi installyasiyalar soni – 2900 ta dastur. Oxirgi versiyasi Windows 98, NT, 2000 platformalarida amal qiladi. Tizim haqida umumiy ma’lumotlar. Maqsad – raqamli kartalarni kompyuter xotirasiga kiritish va taxrir qilash tizimini yaratishdir. Qo‘llaniladigan sohalari: geologiya va er osti boyliqlaridan foydalanishda, umumdavlat va viloyat davlat boshqaruv organlarida, shahar xo‘jaligida, ekologiya va tabiatdan foydalanishda, Er tuzish va o‘rmon xo‘jaligida, suv resurslari va ulardan foydalanishda, transport va aloqada, tijorat va reklamada, geodeziya va kartografiyada, ta’lim tizimida va boshqalarda. Tizimdan foydalanish haqida ma’lumotlar. Grafiklima’lumotlarning ichki formatlari - Geo DRAW, rastrli (JPEG, PCX, TIFF, BMP va boshqalar), hammasi bo‘lib 30 dan ortiq formati mavjud. Ma’lumotlar bazasining ichki shakli - bBASE, Paradox. Umuman tizim amalda istalgan format bilan ishlashga qodir, chunki unga kirish drayveri tuzilgan. Drayverlar barcha standartlarda tarqalgan ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlarida (MBBT yoki rus tilida SUBD) uchraydi, jumladan, mijoz - server muhitida ishlashi ham mumkin (Oracle, Informix, MS, SQL, Server va boshqalar). Interfeys ta’rifi va tizimning ochiqligi. Foydalanishinterfeysi Windows dagi menyuga, uning foydalanish qurollariga, “qaynoq” tugunchalariga, dialoglariga va boshqalarga o‘xshash, boshqa GIS dasturlaribilan DDE bo‘yicha aloqa qilish, ma’lumotlar almashish imkoni yaratilgan. Rus tilidagi versiyasi va hujjatlari mavjud.1. Geografik axborot tizimining asosiy tushunchalari nimalardan iborat?
2. Zamonaviy GIS nima? 3. GIS maqsadiga ko‘ra qanday yo‘nalishlarga bo‘linadi? 4. Bugungi kunda GISni qo‘llayotgan soha va tarmoqlar sifatida qaysilarini keltirish mumkin? 5. GISda qanday maxsus qidiruv tizimi mavjud? 6. GIS asosiy ilm va texnologiyalarga tayanib, qanday sohalar fanlari bilan yaqin aloqada?