1. Texnik tizimlarda AKTning asosiy vazifalari.
2. O’zbekistonda AKT sohasini rivojlantirishdagi davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari, amaldagi qonunlar, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari.
3. Respublikada kompyuterlashtirishni va AKTni rivojlantirish dasturi va undagi vazifalar va boshqaruvdagi roli.
4. AKT soxasini texnik yo’nalishlarida tadbiq etish tamoillari.
5. Kompyuter tizimlari texnik vositalarini yaratishning asosiy yo’nalishlari va rivojlanishining zamonaviy tendentsiyalari.
6. Tizimli va amaliy dasturiy ta’minotning rivojlanish tendentsiyalari.
7. Texnik tizimlarda boshqarish uchun zamonaviy texnologiyalarni qo’llash.
Axborot ustida kerakli amallarni bajarish borasida tashkil qilingan jarayon axborot texnologiyasi deb ataladi. Axborot texnologiyasi – axborotni to’plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlar. Multmediya va Internet texnologiyalarining paydo bo’lishi va keng tarqalishi AT ni muloqot, tarbiya, jahon xamjamiyatiga kirib borish vositasida ishlatish imkonini beradi. Axborot texnologiyalarining shaxsiyat rivoji, kasbiy o’zbelgilash va “oyoqqa turish”dagi ahamiyati yaqqol sezilib turibdi. Multmediyali texnik vositalarga ega bo’lgan kompyuterlar video va audio axborotlarning didaktik imkoniyatlaridan foydalana oladi. Gipermatn tizimlari yordamida matnning o’zida murojaatlarni tashkil qilsa bo’ladi, bu esa kalit so’zlar yordamida kerakli ma’lumotlarni izlashni osonlashtiradi. Gipermediya tizimlari faqat matnni emas, balki tasvirni, raqamlashtirilgan tovushni, rasmlarni, multfilm va videofilmlarni o’zaro bog’lash imkonini beradi.Bunday tizimlardan foydalanish elektron qo’llanmalari, spravochniklarni, kitoblarni, ensiklopediyalarni yaratish va kompakt disklar yordamida tarqatish imkonini beradi. Ta’limni axborotlashtirish deganda o’quvchilarga ma’lumotlar bazalaridagi, bilimlar bazalaridagi, elekton spravochniklar, arxivlar va ensiklopediyalardagi ma’lumotlardan erkin foydalanish imkoniyatlarini taqdim etish tushuniladi. Bu terminalogiyaga mos xolda ta’limda axborot texnologiyalari (TAT) o’quv jarayonini amalga oshirishda ishlatiladigan elektron vositalar va ularni ishlatish usullarining yig’indisi sifatida ta’riflasa buladi. TATda qo’llaniladigan Elektron vositalar tarkibiga metodik qo’llanmalarida ko’rsatiladigan apparat, dasturiy va axborot komponentlari kiradi
1. Xususiy, umumiy va ishlab chiqarish kommunikatsiyasida axborotlar tayyorlash, qayta ishlash va eltib berish bilan bog’liq bo’lgan obektlar, harakatlar va qoidalar, shuningdek barcha texnologiyalar hamda sanab o’tilgan jarayonlarni birlashgan ravishda ta’minlovchi sohalar majmuasi. AKT tushunchasiga mikroelektronika, kompyuter va dasturiy ta’minot, telekommunikatsiyalar ishlab chiqish hamda ishlab chiqarish, Internetdan erkin foydalanishni ta’minlash, Internetning axborot resurslarini ta’minlash, shuningdek sanab o’tilgan sohalar bilan bog’liq bo’lgan turli xil hodisalar va bu faoliyat sohalarini tartibga soluvchi qoidalar (rasmiylari kabi norasmiylari ham) kiradi.
2. Axborotni yaratish, uzatish, boshqarish va unga ishlov berish bilan bog’liq bo’lgan texnologiyalar.
3. Xohlagan kommunikatsiya qurilmasi yoki qo’llanmaga nisbatan ishlatiluvchi umumiy atama, jumladan: radio, televidenie, uyali telefonlar, kompyuterlar va tarmoq uskunalari va dasturiy 6 ta’minot, yo’ldosh tizimlari va h.k., shuningdek turli xizmatlar va ularga tegishli dasturlar, masalan, videoanjuman va masofaviy ta’lim
AKT, shuningdek, torroq ma’noda ham ishlatiladi, masalan, AKT ta’limda, tibbiyotda, kutubxonada va h.k. Evropa Komissiyasi fikricha, AKT muhimligi texnologiyaning o’zida emas, balki AKTning aholi orasida ko’proq axborot va kommunikatsiyasidan erkin foydalanish qobiliyatidadir. Dunyoning ko’p mamlakatlari AKT rivojlanishi uchun tashkilotlar yaratgan, chunki rivojlangan mamlakatlarning texnologiya jihatidan kamroq rivojlangan mamlakatlarga nisbatan ustunligi texnologiyalar bor va texnologiyalar yo’q hududlar o’rtasidagi iqtisodiy ajralishni keskinlashtirishi mumkin. Jahon miqyosida BMT raqamli tabaqalanishga qarshi vosita sifatida «AKT rivojlanish uchun» dasturini faol ravishda olg’a surmoqda
Axborotlashtirish sohasidagi asosiy me’yoriy-huquqiy hujjatlar
1. O’zbekiston Respublikasining 11 ta Qonuni;
2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 3 ta Farmoni;
3. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 40 dan ortiq qarorlari hamda 1000 ga yaqin sohaga oid me’yoriy hujjatlar ishlab chiqilgan.
1.1-jadval. O’zbekistonda AKT sohasini rivojlantirishdagi amaldagi qonunlar, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari.
Axborotlashtirish to’g’risidagi qonun maqsadi axborotlashtirish, axborot resurslari va axborot tizimlaridan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. axborotlashtirish - yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda sharoit yaratishning tashkiliy ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jarayoni; axborot resursi - axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, ma’lumotlar banki, ma’lumotlar bazasi;
Iqtisodiyotning turli tarmoqlari, boshqaruv, biznes, fan va ta’lim soha-lariga axborot texnologiyalarini keng joriy etish hamda aholining turli qatlamlariga zamonaviy kompyuter va axborot tizimlaridan keng foydalanishlari uchun qulay shart-sharoit yaratib berishda O’zR Prezidentining yuqoridagi Farmonining qabul qilinishi asosiy qadam bo’ldi. Ushbu qaror bilan quyidagi ishlar amalga oshirildi:
➢ AKTni rivojlantirish va joriy etish masalalari belgilangan;
➢ O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kompyuterlashtirish va AKTni rivojlantirish bo’yicha Muvofiqlashtiruvchi Kengash tashkil etildi;
➢ Sohada tashkiliy o’zgartirishlar amalga oshirildi (O’zAAA, AKTni rivojlantirish Jamg’armasi, TATU tashkil etildi;
➢ Tadbirkorlikni qo’llab-quvvvatlash bo’yicha bojxona va soliq imtiyozlari belgilandi;
➢ Kompyuterlashtirish va axborot texnologiyalarini joriy etish Markazi UZINFOCOM tashkil etildi
- 2010 yilgacha telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish, ma’lumotlarni uzatish va AKTni qo’llashning maqsadli yo’nalishlari;
- 2010 yilgacha mahalliy davlat boshqaruvi va davlat hokimiyati organlari faoliyatida AKTni qo’llash dasturi;
- Milliy axborot-qidiruv tizimini shakllantirish va rivojlantirish dasturlari tasdiqlandi.
- Davlat organlarining veb-saytlarini va Hukumat portalini yanada rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlar belgilandi
Veb-sayti mavjud bo’lgan davlat boshqaruv organlari -2007%;
Markaziy apparatda kompyuter texnikasi bilan ta’minlanganlik - 90%, bo’linmalarda – 46%;
Lokal tarmoqlarni yaratish – 81%;
Idora ichida qog’ozsiz hujjat almashish ulushi – 75%;
Xodimlarning kompyuter savodxonlik darajasi – 71%;
Davlat axborot resurslari soni – 163;
Tasdiqlangan interaktiv davlat xizmatlari turlari – 94;
«.UZ» zonasi domen nomlarini ro’yxatdan o’tkazish tashkilotlar soni - 7;
ERI markazlari soni – 8;
Berilgan ERI kalitlari soni – 150 mingdan ortiq
Operator – bu o’z tarmog’iga ega va shu tarmoq orqali Internet xizmatini ko’rsatuvchi yuridik shaxs Provayder – o’zining tarmog’i mavjud bo’lmagan boshqa korxonalarning tarmoqlari orqali Internet xizmatini ko’rsatuvchi yuridik shaxs Davlat organlarining veb-saytlari
www.gov.uz UZR xukumat portali www.uzngi.uz www.uzaart.uz
Kalit va elektron raqamli imzo.
• Elektron raqamli imzo – elektron hujjatga biriqtirilgan va mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o’zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo’qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo;
• Elektron raqamli imzoning yopiq kaliti - elektron raqamli imzo vositalaridan foydalangan holda xosil qilingan, faqat imzo qo’yuvchi shaxsning o’ziga ma’lum bo’lgan va elektron hujjatda elektron raqamli imzoni yaratish uchun mo’ljallangan belgilar ketma-ketligi;
• Elektron raqamli imzoning ochiq kaliti - elektron raqamli imzo vositalaridan foydalangan holda hosil qilingan, elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga mos keluvchi, axborot tizimining har qanday foydalanuvchisi foydalana oladigan va elektron hujjatdagi elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash uchun mo’ljallangan belgilar ketma-ketligi;
• Elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash - elektron raqamli imzoning elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga tegishliligi va elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo’qligi tekshirilgandagi ijobiy natijani beradi.
Texnologiya so’zi grekchadan tarjima qilinganda san’at, ustalik, malaka ma’nosini anglatadi. Texnikada texnologiya deganda ma’lum kerakli material mahsulotni hosil qilish uchun usullar, metodlar va vositalar yig’indisidan foydalanadigan jarayon tushuniladi. Texnologiya ob’ektining dastlabki, boshlang’ich holatini o’zgartirib, yangi, oldindan belgilangan talabga javob beradigan holatga keltiradi. Misol uchun sutdan turli texnologiyalar orqali qatik, tvorog, smetana, yog’ va boshqa sut mahsulotlarini olish mumkin. Agar boshlang’ich hom ashyo sifatida axborot olinsa, ushbu axborotga ishlov berish natijasida axborot mahsulotinigina olish mumkin. Ushbu holda ham «texnologiya» tushunchasining ma’nosi saqlanib qolinadi. Faqat unga «axborot» so’zini qo’shish mumkin. Bu narsa axborotni qayta ishlash natijasida moddiy mahsulotni emas, balki axborotnigina olish mumkinligini aniqlab turadi. Texnologiyani kuyidagicha ta’riflash mumkin. Texnologiya — bu sun’iy ob’ektlarni yaratishga yunaltirilgan jarayonlarni boshqarishdir. Kerakli jarayonlarni kerakli yunalishda borishini ta’minlash uchun yaratilgan shart-sharoitlar qanchalik yahshi tashkil etilganligi texnologiyaning samaradorligini bildiradi. Bu erda tabiiy jarayonlar nafaqat moddaning tarkibi, tuzilishi va shaklini uzgartirish maqsadida, balki axborotni qayta ishlash va yangi axborot hosil qilish maqsadida ham boshqariladi. Shuning uchun axborot texnologiyasini Quyidagicha ta’riflash mumkin.
Axborot texnologiyasi — bu ahboriy ma’lumotni bir ko’rinishdan ikkinchi, sifat jihatidan yangi ko’rinishga keltirish, axborotni yig’ish, qayta ishlash va uzatishning usul va vositalari majmuasidan foydalanish jarayonidir. Moddiy ishlab chiqarish texnologiyasining maqsadi insonning talabini qondiradigan yangi mahsulot ishlab chiqarishdan iborat. Axborot texnologiyasining maqsadi esa insonning biror-bir ishni bajarishi uchun zarur bo’lgan, uni tahlil etish va u asosida qaror Qabul qilishi kerak bo’lgan yangi axborotni ishlab chiqarishdan iborat. Turli texnologiyalarni qo’llab, bitta moddiy resurslardan turli mahsulotlar olish mumkin. Huddi shu narsani axborot texnologiyalariga nisbatan ham aytish mumkin. Misol: matematikadan nazorat ishini bajarganda har bir o’quvchi boshlang’ich axborotni qayta ishlash uchun o’zining bilimini qo’llaydi. Masalaning echimi bo’lgan yangi axborot mahsuloti, o’quvchi tanlay olgan masalani echish texnologiyasi, usuliga bog’lik. Moddiy ishlab chiqarishda turli mahsus jihozlar, stanoklar, uskunalar va boshqalar ishlatiladi. Axborot texnologiyalari uchun ham uzining «uskunalari», vositalari mavjud. Bo’lar kseroks, telefaks, faks, skaner va boshqa vositalardir. Bu vositalar orqali axborotga ishlov berilib, o’zgartiriladi. Hozirgi paytda axborotga ishlov berish uchun kompyuterlar va kompyuter tarmoqlari keng qo’llanilmokda. Axborot texnologiyasida kompyuterlar va kompyuter tarmoqlarining qo’llanishiga urg’u berish maqsadida ko’pincha kompyuter va kommunikatsion texnologiya haqida gapirishadi. Axborot texnologiyasi o’zi uchun asosiy muhit bo’lgan axborot tizimlari bilan bevosita bog’likdir. Chunki axborot texnologiyasi axborot tizimlarida mavjud bo’lgan ma’lumotlar ustida bajariladigan turli hil murakkablikdagi operatsiyalar, amallar va algoritmlarni bajarishdan iborat bo’lgan tartiblashtirilgan jarayondir. Axborot texnologiyalari faqat fan va texnika hodisasi bo’lmasdan, iqtisodiy rivojlanishning muhim omiliga aylanmoqda. Axborot bilan qamrab olinmagan biror muhim ho’jalik sektorini (ishlab chiqarish, transport, kredit-moliya sohasi, savdo) misol keltirish qiyin. Ayni paytda kompyuterlar va aloqa vositalari asosida axborotni to’plash, saqlash va taqdim etishning zamonaviy usullari, yangi axborot texnologiyalari va hizmatlarni sotish (tarqatish) maqsadlarida ishlab chiqarish mustaqil tarmoq sifatida shakllandi va ajralib chikdi. Shunday qilib, halq ho’jaligini axborotlashtirish kelgusiga yorib o’tish demakdir. Axborot texnologiyalari, shu jumladan, kompyuterlar keng qo’llanilib kelayotgan ayrim sohalarni ko’rib chiqamiz. O’quv muassasalarida axborot texnologiyalarining ahamiyati juda kattadir. Bizning tibbiyot kollejimizda yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish standart tizimga nisbatan o’quv jarayonini jadallashtirib, talabada ilmga qiziqishni oshiradi, ular ijodiy faoliyatini o’stiradi, bilim berishga differentsial yondashish, olingan bilimlarni takrorlash, mustahkamlash va nazorat qilishni engillashtiradi. Talabani o’quv jarayonining sub’ektiga aylantiradi.
Ma’lumki, «robot» suzi bizning tilimizga ilmiy fantastikadan kirib kelgan. Birinchi bor bu so’zni oltmish yil oldin taniqli cheh fantast yozuvchisi karel chepek ishlatgan. Ammo «mehanik odamlar» undan oldinrok ham ma’lum edi. Urta asrlarda inson iste’dodlariga ega bo’lgan musiqachi-kug’irchok yoki rassom-kug’irchoqlar paydo bo’lganligi ma’lum. Kompyuter asri boshlanishi bilan insonni og’ir va zararli mehnatdan ozod etadigan robotlar paydo bo’ldi. Ular garchi odam qiyofasida bo’lmasa-da, ko’plab funktsiyalarni (ishlarni) bajara oladilar. Masalan, uzdaewoo avto uzbekiston — koreya kushma avtomobil’ korhonasida turli ishlarni bajaradigan robotlar keng qo’llanilmokda. Bugungi kunda robotlar mashinasozlik zavodlarida, po’lat qo’yish tsehlarida, himiyaviy laboratoriyalarda, qurilishda keng qo’llanilmokda. Robotlarni yaratish bilan shug’o’llanadigan texnikaning mahsus shohobchasi — robototexnika paydo bo’ldi. Robotlar orasida keng tarqalgani bu robot manipulyatorlardir. Manipulyatorlar — o’ta sezgir va kuchli mehanik qo’ldir. Robotlarni kompyuter boshqarib turadi, ya’ni kompyuter robotning «miyasi»dir, ular telekameralar orqali «ko’rib», mikrofonlar yordamida «eshitadilar», ya’ni axborot Qabul qiladilar. Mahsus datchiklar «sezgi» organi vazifasini utaydi
Ishlab chiqarishning deyarli barcha sohalarida kompyuterlar qo’llanilib kelmokda. Kompyuterlar ko’pgina texnologik jarayonlarni boshqarmoqda. Ular yordamida yangi mahsulotning chizmasini yaratishdan toki tayyor mahsulot bo’lib chiqqunga qadar bo’lgan barcha jarayonlarni avtomatlashtirish mumkin. Mahsulot shaklini konstruktor kompyuter ekranida chizib, tegishli uzgartirishlar yasab, kog’ozga chop etishi mumkin. Mahsulotni ishlab chiqarish uchun kerakli barcha qurilmaning imkoniyatlari, unga ketadigan sarf-harajatlarni hisob-kitob qilishda va boshqa ishlarni bajarishda ham kompyuter beg’araz yordamchidir. Mahsulotni ishlab chiqarishda axborot asosiy kompyuterdan ishlab chiqarish liniyalariga etkaziladi. U erda axborotni Qabul qilishga tayyor turgan robotlar kompyuter uzatgan dastur asosida mahsulotni yig’a boshlaydi. Tayyor mahsulotlar esa robotlar yordamida tekshirilib, omborlarga jo’natiladi.
Jamiyatni axborotlashtirishning eng asosiy mezoni bu axborot tuzilmalarini yaratish hisoblanadi. Kompyuter tizimlari axborot tuzilmalarining asosidir. Tizim – «sistema» deganda , yagona maqsad yo’lida bir vaqtning o’zida ham yahlit, ham o’zaro bog’langan tarzda faoliyat ko’rsatuvchi elementlar (ob’ektlar), majmuasi tushuniladi. Demak, har qanday tizim biror-bir aniq maqsad yo’lida hizmat qiladi. Texnologiya suzi grekchadan tarjima qilinganda san’at, ustalik, malaka ma’nosini anglatadi. Texnologiya – bu sun’iy ob’ektlarni yaratishga yo’naltirilgan jarayonlarni boshqarishdir. Axborot tizimi tushunchasini kiritishdan oldin tizim (sistema) deganda nimani tushunishimizni aniqlab olaylik. Tizim (sistema) deganda, yagona maqsad yulida bir vaqtning o’zida ham yahlit, ham o’zaro bog’langan tarzda faoliyat ko’rsatuvchi elementlar (ob’ektlar) majmuasi tushuniladi. Demak, har qanday tizim biror-bir anik maqsad yo’lida hizmat qiladi. Masalan, sizga ma’lum bo’lgan shahar telefon tarmoqlari tizimi, insondagi yurak qon-tomir tizimi, asab tizimi va boshqalar sun’iy yaratilgan va tabiiy tizimlarga misol bo’la oladi. Ularning har biri tizimga quyiladigan barcha shartlarga javob beradi, ya’ni, har biri o’ziga hos yagona maqsad yo’lida faoliyat ko’rsatadi va tizimni tashkil etuvchi elementlardan iborat.
Quyidagi jadvalda elementlari va asosiy maqsadi ko’rsatilgan holda tizimlarga yana bir nechta misollar keltirilgan.
Informatikada «tizim» tushunchasi ko’prok texnik vositalar, asosan, kompyuterlar va murakkab ob’ektlarni boshqarishga nisbatan ishlatiladi. «tizim» tushunchasiga «axborot» so’zining qo’shilishi uning belgilangan funktsiyasini va yaratilish maqsadini aniq aks ettiradi. Tizim aslida bu yagona bir butunlikni tashkil qiluvchi o’zaro bog’liq va o’zaro hamkorlikdagi elementlar, qismlar majmuidir. Tuzilma – bu tizimning tarkibiy qismlariga bo’linishda namoyon 11 bo’ladigan, uning yaxlitligi, faoliyat yuritishi, harakatini ta’minlovchi, o’zaro belgilangan joylashishi va ular orasidagi aloqasining qulishi, tashkil qilinishidir. Kompyuter tizimi – ma’lumotlarni kiritish va chiqarish, ishlov berish hamda xotirada saqlashga xizmat qiluvchi texnik vositalar majmuasidir. Kompyuter asosiy va qo’shimcha qurilmalardan tashkil topgan bo’lib, asosiy qurilmalarga quyidagilar kiradi
Kompyuterning samaradorligini belgilovchi asosiy qurilma sanalmish sistemali blok o’z navbatida quyidagi ichki qurilmalardan tashkil topgan:
➢ Protsessor (CPU) - ma'lumotlarni qayta ishlovchi va hamma hisob ishlarini amalga oshiruvchi qurilma;
➢ Operativ xotira (DIMM, DDR) - kompyuter yoqilgan vaqtda bajarilayotgan dasturlar va ishlatilayotgan ma'lumotlarni vaqtincha saqlash qurilmasi;➢ Doimiy xotira qurilmasi yoki qattiq disk, vinchester (HDD) - ma'lumotlarni doimiy saqlash qurilmasi. Agar operativ xotiradagi ma'lumotlar kompyuter tok manbaaidan uzilishi bilan o’chib ketsa, doimiy xotiradagi ma'lumotlar esa aksincha saqlanib qoladi;
➢ Video karta - bu qurilma monitorga tasvirlarni uzatish uchun xizmat qiladi, ya'ni tasvirlarni hosil qiladi.
➢ Ovoz kartasi- tovush, ovoz, musiqani hosil qiluvchi qurilma.
➢ Disk yurituvchi qurilma, diskovod (FDD) - egiluvchan magnit disklardagi (disketadagi) ma'lumotni o’qish va unga ma'lumot yozish qurilmasi;
➢ CD-ROM disk yuritish qurilmasi - kompakt (lazer) disklardagi ma'lumotlarni o’qish qurilmasi;
➢ Ona plata (Mainboard)- yuqoridagi qurilmalarni birlashtiruvchi asosiy plata. Manbaa qism – kompyuterni zarur elektr manbaasi bilan ta’minlab beradi. Quti ichida joylashtirilgan bo’ladi. Manbaa tanlanganda quvvatliroq manbaa tanlash lozim, chunki keyinchalik qo’shimcha qurilmalar o’rnatilganda manbaa taqchilligi ro’y bermasligi uchun. Kompyuter qancha ko’p qurilmalar o’rnatilsa, shuncha ko’p manbaa quvvati talab etiladi. Ona plata tizimli blokning asosiy qismi bo’lib 1.3-rasmda ko’rinishi ko’rsatilgan hamda bu tizimli plata (motherboard) deb ataladi, unga protsessor tezkor hotiralar va boshqalar o’rnatiladi. Barcha tizimli platalar, maqsadga ko’ra hamma to’plam vositalari orasida real ahborot almashuvini amalga oshirish vazifasini o’taydi.
Barcha shahsiy kompyuterlarda: asosiy vinchester va diskovodlar bo’ladi. Shahsiy kompyuter o’chirilganda axborotlar o’chib ketmasligi uchun, ular disklarda saqlanadi. Disklarni hujjatlar saqlanadigan jovonlarga o’hshatish mumkin. Disklarni vinchesterlarga nisbatan bitta yahshi tomoni shuki, ularni shahsiy kompyuter yig’gichidan chiqarib olib yonda olib yurish mumkin. Hozirgi vaqtda asosan 3,5 dyuymli yumshoq disklar ko’proq qo’llanadi. Diskda mahsus o’tkich o’rnatilgan bo’lib, diskga yozishda ruhsat berish va ma’n etish uchun qo’llanadi.
Qattiq disklar (vinchester) esa asosan shahsiy kompyuter qutisi ichida joylashgan va mustahkamlangan bo’ladi. Vinchesterlarni disklarga nisbatan ikkita o’ta zarur imkoniyatlari mavjud; ular ancha katta hajmga hamda ancha tezroq ahborotlarni o’qish va yozish hususiyatlariga ega. Monitor – kompyuterda bajarilayotgan amallarni foydalanuvchiga namoyon qilish uchun mo’ljallangan qurilma. Shaxsiy kompyuterning monitori ekranga matnli va grafikli ma’lumotlarni chiqarish uchun xizmat qiladi. U ikki xil rejimda ishlashi mumkin - matnli va grafikli.
➢ Matnli rejimda displey ekrani shartli ravishda 80 ta ustun 25 satrga bo‘linadi. Shu maydonning ixtiyoriy joyida belgilar tasvirlanadi. Bu belgilar katta va kichik lotin xarflari, sonlar va yordamchi belgilar - ! ” № ; % -? * ( ) { } ” ’ / ? bo‘lishi mumkin.
➢ Grafik rejimda ekranga matnli ma’lumotlardan tashqari rasm va grafik tasvirlar ham chiqariladi. Bunda belgi ixtiyoriy shrift va o‘lchamga ega bo‘ladi. Bu rejimda ekran nuqtalar to‘plamidan iborat. Masalan, 640x200 imkoniyatli monitor ekranda gorizontaliga 640 va vertikaliga 200 nuqtani tasvirlaydi. Nuqtalar soni oshishi bilan tasvir sifati oshadi.
Kompyuterda monitor (display) ekranda sahifaliy va tasvirliy ahborotlarni ko’rsatish uchun qo’llaniladi. Zamonaviy kompyuterlar super VGA turdag manitorlar bilan to’plangan, ruhsat etish imkoniyatlar 800* 600, 1024* 7608.1280* 1024 va boshqalar.Monitorlar tuzilishiga ko’ra quyidagi 3 turda bo’ladi:
1. CRT (Cathlode Ray Tube) monitorlar (Elektron nurli trubka)
2. LCD (Liquid Crystal Display) monitorlar (Suyuq kristal displayli)
3. Plasma
Klaviatura – matnli va belgili ma'lumotlarni kompyuter xotirasiga kiritish qurilmasi. Standart klaviaturalar 101 yoki 102 tugmadan iborat bo’lib, undan tashqari hozirda chiqayotgan multiklaviaturalar ham bor. Standart klaviatura bilan multiklaviaturaning farqi multiklaviaturada qo’shimcha tugmalar mavjudligidir (multimedia tugmalari, kalkulyator chaqirish tugmasi, internet va e-mail kabilar mavjud).
Klaviatura beshta asosiy guruhga bo’linadi:
1. Asosiy guruh tugmalari – matn kirituvchi tugmalar (harflar, raqamlar, belgilar, Space, Shift, Enter, Delete, Insert, BackSpace, Tab, Caps Lock).
2. Yo’naltiruvchu tugmalar guruhi – kursorni boshqaruvchi tugmalar (, , , →, Home, End, PageUp, PageDown).
3. Kalkulyator bloki guruhi – klaviaturaning o’ng qismidagi blok kiradi. Unda kalkulyatorda kerakli raqamlar va amallar mavjud.
4. Funksiyanal tugmalar guruhi – F1-F2.
5. Boshqaruvchi tugmalar guruhi – , , Ctrl, Alt, Esc, PrintScreen, Pause, Break.
Dasturiy ta’minot deganda, hisoblash texnikasi vositalari bilan ma’lumotlarni qayta ishlash tizimini yaratish va ulardan foydalanish uchun dasturiy va hujjatli vositalarni jamlash tushuniladi. Dasturiy ta’minot tomonidan bajariladigan funktsiyalarga bog‘liq holda, uni quyidagi to’rt guruhga bo‘lish mumkin
1. Tizimli dasturiy ta’minot
2. Amalaiy dasturiy ta’minot
3. Xizmat ko’rsatuvchi dasturiy ta’minot
4. Dasturlash texnologiyasining uslubiy vositalari
Dasturlash texnologiyasining uslubiy vositalari Tizimli DT kompyuterda axborotni qayta ishlash jarayonini tashkil etadi va amaliy dasturlar uchun me’yordagi ish muhitini ta’minlaydi. Tizimli DT apparat vositalari bilan shu qadar yaqin aloqadaki, uni ba’zida kompyuterning bir qismi deb ham hisoblashadi. Amaliy DT foydalanuvchining aniq vazifalarini hal etish va umuman axborot tizimining hisoblash jarayonini tashkil etish uchun mo‘ljallangan. Xizmat ko’rsatuvchi DT tarkibiga foydalanuvchi va ShK uchun xizmat qiladigan ilova va dasturlar tushuniladi. Bunday dasturlardan foydalanish orqali ShK optimal holatda ishlashini ta’minlash mumkin. Dasturlash texnologiyasining uslubiy vositalari orqali tizimli dasturiy ta’minot, amaliy dasturiy ta’minot hamda xizmat ko’rsatuvchi dasturiy ta’minot uchun zaruriy ilova va dasturlarni yaratish mumkin. Tizimli DT tarkibiga quyidagilar kiradi: Operatsion tizimlar (OT) xabarni qayta ishlash jarayonini boshqarish va apparat vositalari bilan foydalanuvchilar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani ta’minlaydi. OTning asosiy vazifalaridan biri axborotning kirish - chiqish jarayonini avtomatlashtirish, foydalanuvchi hal etadigan amaliy vazifalarning bajarilishini boshqaradi. OT kerakli axborotni EHM xotirasiga kiritadi va uning bajarilishini kuzatadi; to‘g‘ri hisoblashga halal beruvchi vaziyatlarni tahlil etadi, qiyinchiliklar paydo bo‘lganda nima qilish zarurligi haqida ko‘rsatma beradi. Bajaradigan vazifalaridan kelib chiqib, OTni uch guruhga bo‘lish mumkin:
➢ bir funksiyali(bir foydalanuvchili);
➢ ko‘p funksiyali (ko‘p foydalanuvchili);
➢ tarmoqli.
Quyida amaliy dasturlarning turlari keltiriladi:
➢ Matn muharrirlari – Word, Word Perfect, Text va ko’pgina boshqa turli bosma hujjatlarni-ma'lumotnoma, vedomostlar, maqola, hisobot va h.k.larni tayyorlash uchun ishlatiladi. Matn muharrirlarining eng kuchlilarini – matn protsessorlari deb ataladi. Matn muharrirlarining maxsus ko’rinishlari nashr tizimlari deyiladi, ular gazeta, jurnal, reklama bukletlari prospekt va kitoblarni ko’paytirish uchun ishlatiladi. Bu Ventura Publisher, Adobe Acrobat, Adobe Page Maker va Quart Xpress dir.
➢ Grafik muharrirlar, ular yordamida turli rasm, chizma, grafik, diagramma, illustratsiya va shu bilan birga uch o’lchamli tasvirlar ishlab chiqiladi: Ular Paint, Adobe PhotoShop, Corel Draw, 3Ds Studio va h.k.lar. ➢ Elektron jadvallar odatdagi jadvallarning elektron ko’rinishi bo’lib, ularning yordamida matn va sonli ma'lumot avtomatik tarzda qayta ishlanadi. Ular – Lotus, Super Cale, Excel, Quattro Pro va qator shunga o’xshash tizimlardir. ➢ MB – bir yoki bir nechta obyektlar ma'lumotlari, xossalari va o’zaro bog’lanishlari haqidagi ma'lumotlarni saqlashga mo’ljallangan dasturiy tizimlar. MB ni ma'lumotlar bilan birlamchi to’ldirish va ma'lumotlarni faol holatda qo’llash (ya'ni predmet sohasini real holatiga mos joriy holatida qo’llash) uchun ma'lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari (MBBT) deb ataladigan dasturlarning uskunali paketlari xizmat qiladi. Hozirgi vaqtda eng ommaviy MBBT bo’lib, Access MBBT, Fox Pro, Paradox, Informix, Oracle va boshqa dasturlar hisoblanadi. ➢ Integrallashgan tizimlar, yuqorida keltirilgan maxsus paketlarga o’xshash komponentalarni, paketning hamma tashkil etuvchilari bilan birga yagona o’zaro bog’lanish uslubini ta'minlaydigan tizim va shu bilan birga paketning turli komponentalari o’rtasida qulay, samarali usulni ham ta'minlaydi. Bunday tizimga yaqqol misol bo’lib MS Office paketi hisoblanadi. Bundan tashqari Corel Word Perfect ni misol qilsa bo’ladi, u o’z ichiga Word Perfect matn muharririni, elektron jadvallarni qayta ishlovchi Quttro Pro ni oladi. Bundan tashqari yana Sun kompaniyasining Star Office paketi mavjud, bu paket turli apparat va dasturiy platformalarda ishlay oladi. Xizmat ko’rsatuvchi dasturiy ta’minot: Bu turdagi dasturiy mahsulotlardan foydalanish orqali foydalanuvchi ish unumdorligini oshirish, OT ishlash holatini yaxshilash, shaxsiy kompyuterdan foydalanish va uni normal ishlashini optimallashtirish mumkin. Bu turdagi dasturlar quyidagi ko’rinishlarda bo’ladi.➢ Utilitalar – foydalanuvchilarga sifat jihatidan yangi interfeys taqdim etadi. OT foydalanuvchi operatsiya va buyruqlarini ikir-chikirigacha bilishdan ozod etadi. Utilitalar foydalanuvchiga qo‘shimcha xizmatlarini (maxsus dasturlar ishlab chiqishni talab etmaydigan) asosan disklar va fayllar tizimlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatish ko‘rinishida taqdim etadi.
➢ Tarjimon va elektron lug’atlar, bu dasturlar yordamida matnni bir tildan ikkinchisiga avtomat tarzda tarjima qiladi. Masalann, “Lingua Match. Corresponded” paketi ish yozishmalarini 6 ta tilda olib borish imkonini beradi. “Multileks Pro” elektron lug’ati 2 mln rus va ingliz so’zlarini o’z ichiga olgan.
➢ Shaxsiy menedjer va organayzerlar. Bu dasturlar insonga, turli ma'lumotlar: telefon raqamlari, manzillar, tug’ilgan kunlarni olgan yon daftarcha va turli uchrashuv, anjumanlar kuni vaqti va h.k.lar belgilangan yozuv daftarini o’rnini bosadi. Shaxsiy menedjer – bu dastur shaxsiy va jamoa faoliyatini rejalovchidir, yoki shaxsiy “budilnik-eslatuvchi” desa bo’ladi, yana bu “bir umrlik kalendar”, pochta dasturi va h.k.larni o’z ichiga oladi. U shaxsiy va ish ma'lumotlarini tashkillashtiruvchidir. Masalan: MS Outlook. ➢ Ta'lim, o’rgatuvchi va multimediali ensiklopedia dasturlari. Ta'lim dasturlari paketi turli fanlar: matematika, chet tili, kimyo, biologiya va h.k.lar bo’yicha individual ta'lim berish va o’qitish sifatini tekshirish dasturlaridan iboratdir. ➢ Multimedia dasturlari tovush va videoma'lumotlarni ko’rish va eshitishga yordami beradigan dasturlar. Masalan, KM-Plaer, AIMP plaer, Win-AMP, Pot-Plaer. ➢ Fayl menejerlari – fayl va kataloglarga hamda disklardan foydalanishda xizmat ko‘rsatish vazifasini amalaga oshiradi. Ularga “Far Manager, Norton Commander, Windows Commander, Total Commander”larni kiritish mumkin. ➢ Arxivatorlar – Arxivlash vositalari ya’na fayl va kataloglar asosida arxiv yaratish va yangilash hamda arxivdan chiqarish vazifasini amalga oshiradi. Masalan, Win Rar, Win Zip, Extra Zip, 7-Zip va h.k. ➢ Drayverlar – qurilma va OT o’rtasida vositachi rolini amalga oshiradigan dastur va fayllar. Qurilma turi va modeliga mos bo’lmagan daryver o’rnatilsa qurilma normal holatda ishlamaydi. ➢ Antiviruslar – kompyuterni viruslardan himoya qilish, viruslarni o’chirish hamda viruslarlangan fayllarni davolashda qo’llaniluvchi maxsus dasturlar. ESET Nod32, Kasperskiy Anti-Virus, Microsoft Security, Doctor Web, Avast va h.k. ➢ O’yin va dam olishga yordam beradigan dasturlar. Tizimli va amaliy dasturlar dasturlashtirish tillari yordamida tuziladi. Bu jarayonda yozilgan dastur dasturlashtirish tili translyatori orqali mashina tiliga tarjima qilinadiDasturlash texnologiyasining uslubiy vositalari – bu amaliy dasturchilar deb nomlanadigan kategoriyadagi mutaxassislar uchun ish qurolidir. Uskunali dasturiy ta'minot – turli xildagi, inson faoliyatining turli sohalarida ishlatiladigan dasturlar paketlarini ishlab chiqishga mo’ljallangan. Amaliy dasturchilar, nafaqat ma'lumotlarga ishlov berish usullarini bilishlari, balki dasturlarni ishlab chiqishni ham bilishlari kerak. Ular axborot texnologiyalarini aniq qo’llash sohalari – muhandislik sohalari, matematika, fizika, nashriyot tizimi, buxgalterlik, tibbiyot va h.k.sohalarda yaxshi o’zaro bog’lanishi yoki yaxshi birikishi lozim. Oddiy foydalanuvchilar bu guruh dasturlari bilan, qoida bo’yicha to’qnashmaydilar. Uskunali dasturlar guruhiga quyidagi dasturlar kiradi: turli algoritmik tillar translyatorlari (ular dastur matnini mashina tiliga o’tkazadi-tarjima qiladi) bog’lovchi muharrirlar – ular dasturning alohida-alohida bo’laklarini bir-biriga birlashtirib, butun holatga keltiradi. Sozlovchilar – ular yordamida dasturni yozishdagi yo’l qo’yilgan xatolar topiladi va bartaraf qilinadi. Dasturlashtirishning kirish tili, translyator, mashina tili, standart dasturlar kutubxonasi, translyatsiya qilingan dasturlarni sozlash va bir butunlikka jamlash vositalarini o‘z ichiga olgan vositalar majmui dasturlashtirish tizimi deb ataladi. Dasturlashtirish tizimida translyator dasturlashtirishning kirish tilida yozilgan dasturni aniq bir EHMning mashina buyrug‘i tiliga tarjima qiladi. Kirish tilidan tarjima qilish usuliga bog‘liq holda translyatorlar kompilyator va interpretatorlarga bo‘linadi. Mutaxassis integrallashgan muhiti-hamma keltirilgan komponentalarni dastur ishlab chiqish uchun yagona, qulay tizimga birlashtiradi.
Operatsion tizim - kompyuter bilan foydalanuvchi o‘rtasida muloqotni o‘rnatadi, kompyuter asosiy qurilma manbaalarini, qo‘shimcha qurilmalarining ishini boshqaradi. Operatsion tizim dasturlari operativ xotiraga qo‘chiradi bu dasturlarning talablarini bajarib, ishini ta’minlaydi. Dastur vazifasini bajarib bo‘lgandan so‘ng operativ xotirani undan tozalaydi, ya’ni foydalanuvchi ishlashi uchun operativ xotirada keng maydon yaratadi. OT komandalari asosida foydalanuvchi diskni nomlash, fayllar nusxasini ko‘chirish, ekranda kataloglar ketma-ketligini olish ixtiyoriy dasturlar, printer, displey bilan bevosita ishlash kabi imkoniyatlarga ega bo‘ladi. Windows operatsion tizimi Microsoft kompaniyasi tomonidan yaratilgan bo’lib, uning birinchi versiyalari 80 yillarda vujudga keldi va foydalanuvchilar orasida dovrug’ qozondi. Windows ning afzallik tomonlariga quyidagilar kiradi: ma'lumotlar bilan ishlashning yengilligi; bir vaqtning o’zida bir necha dasturlar bilan ishlash; himoyalanganligi; ma'lumotlarning nusxalarini dasturlar orasida osongina almashish; foydalanuvchiga qulay va tushunarli interfeysning bo’lishi; barcha qurilmalarni boshqarish, ularni sozlash va qo’shish; Internet bilan ishlash va elektron pochta bilan ishlashning yengilligi; filmlar ko’rish va musiqalar eshitish va h. Windows OT ning 3.1, 3.11, 95, 98, 2000, NT, Mellenium, XP (SP1, SP2 va SP3), Vista, 7, 8, 8.1, 10 kabi talqinlari mavjud bo’lib, ularning ichida eng ko’p tarqalganlari, Windows Windows 7, Windows 8 va Windows XP talqinlari keng foydalanilmoqda. Shuni alohida aytib o’tish joizki Windows ning oldingi talqinlarida ishlagan foydalanuvchi yangi talqin bilan ishlashda hech qiynalmaydi.
Boshqaruv axborot tizimi strategik va taktik rejalashtirishning joriy vazifalarini operativ boshqarish. buxgalteriya xisooi va boshqalarni yechimini topishda qo’llanadi. Avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishlashi jarayonida bulinma raxbari operativ axborotdan foydalanib (moddiy, moliyaviy va kadr) resurslarni rejalashtirish va moslashtirish. boshqaruv karorlarini natijalarini hisoblash va baholash. resurslarning belgilangan tadbirlariiig bajarilish jarayonini operativ boshqarilishiga moslab olishi mumkin va xokazo. Boshqaruv axborot tizimlari kuyidagi imkoniyatlarni yaratadi:
- axborotni operativ yigish, saqlash, uzatish va qayta ishlash hisobiga qabul qiliiadigai karorlarning asoslangailik darajasini oshirishga: - bulinmani boshqarishda karorlarning tezda uz vaktida qabul qilinishini ta’minlashga: - boshqaruv samaradorligini oshishiga erishishda yagona ma’lumot fondidan xamma toifadagi raxbarlarni uz vaktida kerakli axborot bilan ta’minlashga erishish: - boshqaruvning turli tarkibiy tuzilmalari va darajalarida qabul qilinadigan karorlarni muvofiklashtirish: - ishning joriy holati buyicha boshqaruv xodimining axborotga egaligi hisobiga ish unumdorligini oshishini ta’minlash, talafotlarni kiskartirish va xokazo. Avtomatlashtirilgan axborot tizimidan asosiy maksad - joriy axborotlarni qayta ishlash hisobiga yangi kurinishdagi axborot olish. uning asosida optimal boshqaruv karori ishlab chikishdir. Boshqaruv apparata faoliyatini axborot bilan ta’minlashning yangi shakl kurinishlarini joriy etilishida zamonaviy texnik vositalardan foydalanshi. axborotni integraiiyalashni dolzarbligi va bir-birini inkor etmasligini ta’minlash hisobiga erishiladi. Axborot texnologiyasi qayta ishlanadigan ma’lumotlar xajmining oshgani bilan uni qayta ishlash muddatlari sezilarli darajada kamaydi. Boshqaruvda AT axborot resurslaridan foydalanish jarayonining asosiy tashkil etuvchisidir. Axborot texnologiyasi - avtomatlashtirilgan axborot tizimlari uchun asosiy muxit bulib uning tashkil etuvchilari ma’lumotlarni uzgartirish vositalari va usullaridir. Axborot texnologiyasi jarayoi bulib. axborot tizimida aylanadigan axborotni anik belgilangan koidalar asosida bajariladigan oieratsiyalar tashkil etib, kupgina faktorlarga bog’liq bo’lib, ular kuyidagi klassifikatsion belgilar asosida sistemalashtiriladi: - texnologik jarayonni markazlashtirish darajasi: - soxa predmetini turi: - boshqaruv vazifalarini kamrab olish darajasi: - kullanadigan texnologik operatsiyalar toifasi - foydalanuvchi interfeysining turi. Texnologik jarayonni markazlashtirish darajasiga karab boshqaruv tizimlarida AT markazlashtirilgan, markazlashtirilmagan. va aralash texnologiya turlariga bulinadi. Markazlashtirilgan texnologiya shu bilan xarakterlanadiki, axborotni qayta ishlash va asosiy funktsional masalalarni yechish. AT qayta ishlash markazida - respublika Axborot Markazida amalga oshiriladi. Markazlashtirilmagan texnologiyada ya’ni ma’lum vazifani xal qilish xodim nsh joyiga urnatilgan hisoblash texnika vosita- larini lokal qo’llash orkali amalga oshiriladi. Markazlashtiril-magan texnologiyalar avtomatlashtirilgan markazlashtirilgan ma’lumotlar bankiga ega emas. lekin foydalanuvchilarning uzaro axborot almashinuvi axborot kommunikatsiya vositalari bilan ta’minlangan. Komoinatsiyalashtirilgan texnologiyada joylardagi axborot bazalaridan birgalikda foydalangan holda funktsional vazifalarni yechish jarayonini integratsiyalashadi va xamma axborot tizimning avtomatlashtirilgan ma’lumotlar bankida jamlanadi. Boshqaruv vazifalarni avtomatlashtirilgan axborot texnologiya bilan kamrab olish darajasiga karab hisoblash texnika vositalaridan foydalangan holda axborotni avtomatlashtirilgan qayta ishlashga. boshqaruv funktsiyalarni avtomatlashtirishga. karorlarni qabul qilishni qo’llab-kuvvatlovchi axborot texnologiyasiga. ularda iqtisodiy-matematik metodlar. modellar va maxsus amaliy dasturlar paketi yordamida taxliliy ishlar va bashoratlarni shakllantirishni. urganilayotgan jarayonlar buyicha asoslangan baholar va xulosalarni berishda foydalaniladi. AT ishlatiladigan texnologik operatsiyalar toifasi yechiladigan amaliy xarakterdagi vazifalar va mavjud amaliy dasturiy ta’minotiga karab, matn va grafik muxarrirlariga, jadvalli protsessorlar, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari, mulьtimediya tizimlari, gipermatnli tizimlar va shu kabilarga bulinadi. Bulinmalarida foydalaniladigan avtomatlashtirilgan axborot texnologiya foydalanuvchi interfeysining turi, axborot-hisoblash va dasturiy resurslarga ruxsatiga karab bulinadi. Paketli axborot texnologiya foydalanuvchini ma’lumotlarni qayta shplash jarayoniga aralashishiga imkon bermaydi. Lekin dialogli texnologiya interaktiv rejimda hisoblash vositalariga ta’sir o’tkazib. boshqaruv karorlarini qabul qilish uchun axborotni operativ olish imkoniyatini yaratadi. Tarmoq avtomatlashtirilgan axborot texnologiya interfeysi, foydalanuvchiga telekommunikatsiya vositalarini qo’llagan holda xududiy axborot hisoblash resurslaridan foydalanish imkoniyatini beradi.1. Texnik tizimlarda AKTning qanday asosiy vazifalari bor?
2. O’zbekistonda AKT sohasini rivojlantirishdagi davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari, amaldagi qonunlar, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Respublikada kompyuterlashtirishni va AKTni rivojlantirish dasturi va undagi vazifalar haqida tushuncha bering 3. Axborot texnologiyalarining ijtimoiy sohalar, iqtisodiyot va boshqaruvdagi qanday roli bor?. 19 4. Shaxsiy kompyuterning dastur vositalari necha turga bo‘linadi, ularning asosiy vazifalari nimalardan iborat? 5. Dasturiy ta’minot deganda nimani tushunasiz? 6. Operatsion qobiqlar deb nimaga aytiladi? 7. Tizimli dasturlar va ularning turlarini aytib bering. 8. Amaliy dasturlar va ularning turlarini aytib bering. 9. AKT sohasidagi qanday qonunlar qabul qilingan? 10. AKT sohasidagi qanday Prezident Farmonlari va Qarorlari qabul qilingan? 11. Elektron to’lovlar to’g’risidagi qonuni qachon qabul qilingan?