Texnik tizimlarda axborot texnalogiyalari


LABORATORIYA ISHI № 2
Mavzu: CAD tizimlarida muhandislik masalalarini yechishda matematik modellariga hisoblash ekspriment va sonli tahlilni amalga oshirish


Ishdan maqsad : MathCAD dasturida grafikka bilan ishlash va ularni qayta ishlay olish ko’nikma va malakasini hosil qilish.

Dars jihozi: PENTIUM tipidagi kompyuterlar.



Grafik soha – 3 asosiy turga bo’linadi:

• ikki o’lchamli ,

• uch o’lchamli,

• qoyilgan grafik obrazlar. Ikki o’lchamli va uch o’lchamli grafika MathCAD tizimida ozi qayta ishlangan malumotlardan tuziladi. Quyida grafik formati muloqot oynasi qo`yilmalarini beramiz.

1.X-Y Axes – koordinata o`qini formatlash. Koordinata o`qiga setka, sonli

qiymatlarni grafikga belgilarni qo`yish va quyidagilarni o`rnatish mumkin:

• LogScale – logarifmik masshtabda o`qga sonli qiymatlarni tasvirlash;

• Grid Lines – chiziqqa setkalar qo`yish;

• Numbered – koordinata o`qi bo`yicha sonlarni qo`yish;

• Auto Scale – son qiymatlar chegarasini o`qda avtomatik tanlash;

• Show Markers – grafikka belgi kiritish;

2.Trace – funktsiya grafiklarini formatlash. Har bir funktsiya grafigini alohida

o`zgartish mumkin:

• chiziq ko`rinishi (Solid – uzliksiz, Dot – punktir, Dash – shtrixli, Dadot – shtrixli punktir);

• chiziq rangi (Color);

• grafik tipi (Type) (Lines – chiziq, Points – nuqtali, Bar yoki SolidBar – ustunli, Step – pog`onali grafik va boshqa);

• chiziq qalinligi (Weight);

• simvol (Symbol) - grafikda hisoblangan qiymatlar uchun (aylana, krestik, to`g`ri burchak, romb).

3. Label – grafik maydoni sarlovhasi. Title (Sarlovha) maydoniga sarlovha matni kiritiladi.

4. Defaults – bu qo`yilma yordamida grafik ko`rinishga qaytish mumkin.




Graph panelidagi tugmani orqali. Dekort grafikani shabloni hosil boladi.

1- Mashq: y=sin t funktsiyaning grafigi chizilsin

• X yoyi ostining o’rta belgisining tagida birinchi mustaqil o’zgaruvchini kiriting. Vergul belgisidan so’ng-ikkinchisini va 10 gacha, misol uchun t1,t2….

• Y yoyining chap tomonidan birinchi mustaqil o’zgaruvchini vergul bilan kiriting va shu asosda qolganlarini ham kiritamiz va h.o. Misol uchun y1(t1), y2(t2),…..

• Grafik muhitidan tashqariga sichqonchaning chap tugmasini bosing va siz grafikadan chiqasiz.

• ikki o’lchamli grafikani tuzish 4-rasmda ko’rsatilgan.




MathCAD tizimida grafikani nuqtalar orqali tuzish mumkin.

• Bu holatda 2ta ustun qiymati kiritiladi х va у va shu tekislikda shu ustunlar asnoda nuqtalar quriladi.

• Ustunlar qiymati Matrix panelidagi matrisa rasmli belgini bosib beriladi.

• Grafikani ozini olish uchun esa Graph panelidagi koordinatta o’qi tugmasini bosiladi.

• Ramkada 2ta qora to’ldirilmagan to’g’ri burchak marker hosil bo’ladi.

• Bitta markerga matrisa-usttunini nomi kiritiladi va u ordinatta oqi, qaysiki ОУ koordinatta oqiga qoyiladi.

• Boshqa В другой (Pastgi) markerga boshqa ustuni nomi kiritiladi.keyinchalik enter tugmasi bosiladi. Shuningdek uch o`lchamli grafik qurish uchun quyidagi protseduralarni bajarish kerak.

1.Ikki o`zgaruvchili funktsiya nomini keyin (:=) yuborish operatori va funktsiya ifodasini kiritish.

2.Grafik qurish kerak bo`lgan joyga kursor qo`yiladi.

3.Matematik panelining Graph (Grafik) panelidan Surface Plot (uch o`lchamli grafik) tugmasi bosiladi. Shu joyda uch o`lchamli grafik shabloni paydo bo`ladi.

4.Shablon maydonidan tashqarisida sichqoncha bosiladi va grafik quriladi, Ikki o`zgaruvchili funktsiya bo`yicha grafik sirtini qurishni tez qilish maqsadida boshqa usul ham mavjud va u ayrim hollarda funktsiya sirtini tuzishda funktsiya massiv sonli qiymatlarini ishlatadi, masalan, 6-rasm chap tomon. Bunday grafikni qurish uchun quyidagi protseduralarni bajarish kerak.

1.Diskret o`zgaruvchilar yordamida ikki funktsiyaning o`zgaruvchisi uchun ham qiymatlarini kiritish.

2.Massiv kiritish. Uning elementlari funktsiya qiymatlari bo`lib, ular berilgan funktsiya argumentlari qiymatlaridan tashkil etiladi.

3.Kursor qaysi joyga grafik qurish kerak bo`lsa shu joyga qo`yiladi.

4.Grafik shabloniga funktsiya nomi kiritiladi.

5.Shablon maydonidan tashqarisida sichqoncha bosiladi va grafik quriladi, Grafik formatini qayta o`zgartirish va unga ranglar berish uchun grafik maydonini ikki marta tez-tez sichqonchani ko`rsatib bosish va ochilgan muloqot oynasidan kerakli o`zgarishlarni qilish kerak. Bu o`zgartirishlar muloqot oynasi 7-rasmda berilgan.




Bunda:

Surface Plot – grafik sirti,

Contour Plot –grafik chizig`i darajasi;

Data Points –grafikda faqat hisob nuqtalarini tasvirlash;

Vector Field Plot –vektor maydoni grafigi;

Bar Plot –uch o`lchovli grafik gistogrammasi;

Uch o’lchamli yoki 3D grafika ikki o’zgaruvchan funksiyani korsatadi Z(X, Y).

MathCAD tizimida oldingilarda Uch o’lchamli grafikani tuzishda yuzani matematik aniqlash kerak edi (5-rasm, 2 usul). Keyinchalik MathCAD CreateMesh funksiyasi qo’laniladi.

CreateMesh(F (yoki G, yoki f1, f2, f3), x0, x1, y0, y1, xgrid, ygrid, fmap) – Malum funksiyani yuzasida to’r hosil qiladi, F. x0, x1, y0, y1 – o’zgaruvchilar diapazonini oz’garishi, xgrid, ygrid – o’zgaruvchilar to’ri hajmi, fmap – ko’rsatish funksiyasi. CreateMesh funksiyasi ozgaruvchilar bilan yuzada to’r hosil qiladi -5dan 5gacha va 2020 nuqtali to’r.

CreateMesh funksiyasidan foydalanish 3D grafika tuzish 5-rasm 1usulda korsatilgan. 5-rasmda bitta yuza harhil usul bilan tuzilgan, turli formatlash, yuza tegi va uzani ozi ham kontur grafikada berilgan. Bu tuzilish rasmga katta tasurot beradi.









Nazorat savollari

1. Ikki o`lchamli funktsiya grafigini qanday quriladi?

2. Uch o`lchamli funktsiya grafigini qanday quriladi?

3. Ikki o`zgaruvchili funktsiya grafigini qanday quriladi?

4. Grafikni formatlash oynasida bandlarini ko’rsating?