Texnik tizimlarda axborot texnalogiyalari


Laboratoriya ishi №1
Mavzu: CAD tizimlarining amaliy dasturlarini interfeysini o‘rganish va qo‘llash.


Ishdan maqsad: Talabalarga MathCAD dasturida ishlash malakasini hosil qilishlari va nazariy bilimlari orqali amaliyotda qo’llay bilishlari, bilim, ko’nikma hosil qilish


Dars jihozi: PENTIUM tipidagi kompyuterlar.


Nazariy qism

Zamonaviy kompyuter matematikasi matematik hisoblarni avtomatlashtirish uchun butun bir birlashtirilgan dasturiy tizimlar va paketlarni taqdim etadi. Bu tizimlar ichida Mathcad oddiy, yetarlicha qayta ishlangan va tekshirilgan matematik, kimyoviy hisoblashlar tizimidir. Umuman olganda Mathcad – bu kompyuter matematikasining zamonaviy sonli usullarini qo`llashning umumiy kompleksidir. U o`z ichiga yillar ichidagi matematikaning rivojlanishi natijasida yig`ilgan tajribalar, qoidalar va matematik hisoblash usullarini olgan. Mathcad paketi muhandislik va hisob ishlarini bajarish uchun dasturiy vosita bo`lib, u professional matematiklar, texnoliglar uchun mo`ljallangan. Uning yordamida o`zgaruvchi va o`zgarmas parametrli algebraik va differentsial tenglamalarni yechish, funktsiyalarni tahlil qilish va ularning ekstremumini izlash, topilgan yechimlarni tahlil qilish uchun jadvallar, grafiklar qurish va boshqa shunga o’shash vazifalarni bajarish mumkin. Mathcad murakkab masalalarni yechish uchun o`z dasturlash tiliga ham ega. MathCAD integralashgan tizim bo’lib matematik hamda tehnik-muhandislik hisoblashlarni amalga oshirish uchun mo’ljallangan. Hisoblash vaqtida tushinarlilik, aniqlik, oddiylik kabi hususiyatlarni o’z ichiga oladi. Electron jadvallaarga hos foydalanishda oson. Mathcad interfeysi Windowsning barcha dasturlari intefeysiga o`xshash. Mathcad ishga tushurilgandan so`ng uning oynasida bosh menyu va uchta panel vositasidan iborat bo’lib ular quyidagi tartibda:

• Standart (Standart)- vositalar paneli bir necha fayllar bilan ishlash uchun buyruqlar to`plamini o`z ichiga oladi

• Formatting (Formatlash) - formula va matnlarni formatlash bo`yicha bir necha buyruqlarni o`z ichiga oladi.

• Math (Matematika)- matematik vositalarini o`z ichiga olgan bo`lib, ular yordamida simvollar va operatorlarni hujjat fayli oynasiga joylashtirish uchun qo`llaniladi Mathcad ishga tushganda avtomatik ravishda uning ishchi hujjat fayli Untitled 1 nom bilan ochiladi va unga Workshet (Ish varag`i) deyiladi 1-rasmdagi oyna ochiladi.



MathCADning asosiy buyruqlari

MathCADdasturinig bosh menyusi boshqa MS Windows ilovalarning bosh menyulari kabi, hamda spesifik imkoniyatlarga ega bo’lgan buyruqlaidan tashkil topgan: File menyusi –fayllar bn ishlash. Edit menyusi –Hujjatlarni tahrirlash. View menyusi – darcha elementlarni sozlash. View menyusi buyruqlari 2-rasmda ko’rsatilgan. Insert menyusi – MathCAD hujjatga grafik malumotlar, matritsalar, funksiyalar, geppersilkalar, kompanentalarni qo’yish va obyektlarni sozlash imkonini beradi. Format menyusi – sonlar, formulalar,tekstlar, abzatslar, kalantitullar va boshqalarga turli ko’rinishdagi parametrlarni belgilovchi buyruqlarni o’z ichiga oladi. Math menyusi– hisoblashlarni rejim va parametrlarni o’rnatadi. Symbolic menyusi – simvol malumotlarni hisoblaydi. Window menyusi – bir necha darchalarni o’zoro ketma-ket va ulardan birini aktivlashtirishga hizmat qiladi . Help menyusi – malumot markazi va malumotnomalar. Help buyrug’i 3-rasmdagi darchani ochadi.

Math paneli tugmalari

MathCADning kuchli tomoni bu matematik simvollar, ularni ifodalsh va kiritish insonga odatiy holatda berilgan. Ushbu instrumentlar panaleni bosh menyuning buyruqlari orasidagi View →Toolbars orqali ishga tushiriladi. Math panelida ishni qulayligi uchun ssilkalrning yeg’indisi birlashtirilgan. Math panelida 9ta tugma joylashtirilgan. har bir tugma o’z navbatida, mahsus vazifaga biriktirilgan instrumentlar panelini ishga tushiradi. Ular quyidagi tugmalar (ishga tushirilgan holati quyidagi 2-rasmda ko’rsatilgan).




Calculator. Bu panelda matematik topshiriqlar buyruqlari , hamda ko’pincha foydalaniladigan funksiyalar joylashtirilgan. Bu tugmani kankulyator sifatida foydalanish mumkin.

• Boolean – taqqoslash operatorini va mantiqiy ammalarni kiritish .

• Evaluation – o’zgaruvchilar qiymatlarini va funksiyalarini o’zlashtirish operatori kirituvchi tugmasi bor.

• Graph – grafika tuzish instrumenti.

• Vector and Matrix – vektorlar va matrisalar bilan ishluvchi instrumentlar.

• Calculus – integrallashgan elementlarning matematik ifodalar ko’rinishini differensiallashgan usulda ko’rsatadi. Bu paneldagi tugmalar qiymatlar summasi va ko’paytmalarini hisoblashga ijozat beradi.

• Programming – dastur yozish instrumenti.

• Greek Symbol – grafik alifbo.

• Symbol – Simvolli hisoblashlar uchun.

Matematik ifodalar MathCAD ifodasining asosiy matematik elementlariga berilganlar toifasi, operatorlar, funksiyalar va boshqaruv tuzilmalari kiradi. Operatorlar – MathCAD elementlari, ular yordamida matematik ifodalar yaratish mumkin. Ularga masalan arifmetik amallar simvoli, yig’indini hisoblash belgilari, ko’paytmalar, integrallar va boshqalar kiradi. MathCAD tizimida ishchi hujjatga buyruqlar yozish. MathCAD tizimida buyruqlarni yozish qog’ozda yozib ishlaganga yaqin, va bu masalani qoyilishini va yechilishini onsonlashtiradi. Natijada matematik vazifani yechilishi progmalashtirishadan algaritmik tuzilishiga o’tadi. MathCAD hisoblashni insonga ohshab qatiy belgilangan ketma ketlikda amalga oshiradi: kitobni betlarni o’qib, chapdan o’nga, yuqoridan pastga. Bloklarni bajarish ketma-ketligi tizimni hujjatni tog’ri ishlashini ko’rsatib beradi. Malummotlar turiga sonly konstantalar, odatiy va tizimli o’zgaruvchilar, massivlar,(vektorlar va matrisalar) va fayl turdagi malumotlar. O’zgarmaslarning foydalanish turlari MathCAD tizimida quyi turdagi malumotlar korsatilgan.:

1. Butun (2, -54,+43).

2. Haqiqiy (1.3,-2.23).

3.Notural(2.5+7i). Kichik birlikni yozishda maxsus tugma Calculus panelidan foydalanish tavsiya etadi.

4. Satrli. Odatda u izoh turi: «hisoblangan natija».

5. Tizimli. Tizimli kotstanta oldingan belgiangan o’zgaruvchi, berilishi tizimni yuklash vaqtida beriladi. Bu konstantalarga misol e yoki π. Oddiy hisoblashlar Arifmetik hisoblashni natijasi, undan keyin «=» yoki «→» belgisi qoyilsa. Birinchi holatda natija sonli korinishda ikkinchisida simvolli korinadi. Simvolli hisoblashga misol: Hisoblash tizimlarida arifmetik amallar bilan ish olib borayapganimizda matematikaning oddiy qonunlari amal qiladi. Hisoblashlar boshqa turdagi amallarini o’z ichiga olishi mumkin:

- ildiz chiqarish; -darajasini kirg’azish;

- integrallash va defferensiallash;

- faktorial va natija belgilari. Amalarning ma’lum qismini Calculator panelidan olishimiz mumkin. Misol quyidagicha bo’lishi mmkin: Hisoblash vaqtida sonlarni natijasini, Format→Result orqali boshqarish mumkin.u holatda buyruq 3-rasmda korsatilgan oynani hosil qiladi, qaysiki kirituvchi malumotlarni parametrini qaytdan ornatishi kerak bo’ladi.




Topshiriq: Quyidagi topshiriqlarni MathCad dasturida natija oling:



2- Tоpshiriq Quyidаgi matritsalarning determinantini hisоblаng.




Nazorat savollari:

1. МathCad tizimida qaysi turdagi hisoblashlar bajariladi?

2. МathCad tizimida funksiyani grafiga qaysi holatda amalga oshiriladi?

3. МathCad tizimida matrisalar bilan ishlash usullari korsatilgan?

4. МathCad tizimida tenglamalar qanday holatda ishlanadi?