Ishdan maqsad.if shart, case tanlash operatorlarini tog’ri qo’llashni o’rganish, tarmoqlanuvchi algoritmga doir masalalarni dasturini tuzishni o’rganish.C++ dasturlash tilining sikl operatorlari bilan tanishish. Sharti oldindan, shart oxiridan beriladigan takrorlanish va parametrik sikl operatorlarini o’rganish.
Agar algoritm qadamlari ketma-ket bajarilish jarayonida qandaydir shartga bo’gliq ravishda o’zgarsa, bunday algoritm tarmoqlanuvchi algoritm deb nomlanadi. Shart bu mantiqiy ifoda bo’lib, faqat rost yoki yolg’on qiymatni qabul qiladi. Agar shart rost bo’lsa Xa, yolg’on bo’lsa Yo’q tarmog’i bo’yicha algoritm qadami davom etadi.
Tarmoqlanuvchi algoritm to’liq tarmoqlanuvchi va to’liqmas tarmoqlanuvchi turlariga bo’linadi.
To’liq tarmoqlanuvchi algoritmda shart bajarilganda va bajarilmaganda ikkalasida ham amallar
1-topshiriq
1. x va y haqiqiy son berilgan. Xisoblang: max(x, y) va min(x, y)
2. x, y va z haqiqiy son berilgan. Xisoblang: max(x, y, z) va min(x, y, z)
3. x, yva z haqiqiy son berilgan. Xisoblang: max(x+y+z, x, y, z) va min2(x+y/2,
x, y, z)
4. a, b va c haqiqiy son berilgan. Tekshiring: abc tengsizlik bajariladimi?
5. a, b va c haqiqiy son berilgan. Agar a b c tengsizlik bajarilsa, u xolda
haqiqiy sonlarni ikkilantiring, aks xolda ularni modullari bilan almashtiring.
6. Ikkita haqiqiy son berilgan. Birinchi sonni chiqaring, agar u ikkinchisidan
katta bo`lsa, aks xolda ikkalasini ham chiqaring.
7. Ikkita haqiqiy son berilgan. Birinchi sonni no`l bilan almashtiring, agar u
ikkinchisidan kichik yoki teng bo`lsa, aks xolda o`zgartirishsiz koldiring.
8. Uchta haqiqiy son berilgan. Ulardan [1,3] intervalga tegishlilarini tanlang.
9. x, y(x va y teng emas) haqiqiy son berilgan. Ularning kichigini ularning yarim
yig’indisi bilan, kattasini ularning ikkilangan ko`paytmasi bilan almashtiring.
10. Uchta haqiqiy son berilgan. Ularning musbatini kvadrati bilan almashtiring.
11. Agar uzaro farqli x, y ,z haqiqiy sonlar birdan kichik bo`lsa, u xolda bu uchta
sondan eng kichigini boshka ikkitasining yarim yig’indisi bilan almashtiring. Aks xolda
o`zgarishsiz qoldiring.
12. a, b, c va d haqiqiy sonlar berilgan. Agar a b c d tengsizlik bajarilsa, u
xolda ularning har birini ularning kattasi bilan almashtiring.
13. x, yhaqiqiy sonlar berilgan. Agar x va y manfiy bo`lsa, ularning har birini
modullari bilan almashtiring; agar fakat bittasi manfiy bo`lsa ikkala sonning har birini 0.5 ga
oshiring.
14. x, y , z haqiqiy musbat sonlar berilgan. x, y, z uzunlikka ega tomonli
uchburchak mavjudmi?
15. a, b, c haqiqiy sonlar berilgan (a 0). Aniqlanki, ax2+bx+c= kvadrat
tenglama haqiqiy echimga egami. Agar haqiqiy echimlari mavjud bo`lsa, u xolda ularni
toping. Aks xolda haqiqiy echimlar mavjud emasligi xaqida xabar bering.