MATLAB tizimining integrallashgan muhiti(interfeysi) universal-interfaol rejimda ishlaydi va unda mexanika, matematika, fizika, muxandislik va boshqaruv masalalarini yechish, turli xil energetik, mexanik va dinamik sistemalarni modellashtirish, loyihalash, tavsiflash va tahlil qilish imkoniyatlari mavjud. Bir tomondan, MATLAB tizimidan dasturlash tili sifatida foydalanib, mavjud (yoki foydalanuvchi o’zi tuzgan) funksiyalar, hisoblash algoritmlari asosida turli xil energetik, mexanik va dinamik sistemalar ustida har xil hisob-kitoblar ishlari va ularning tavsiflarini o’ta tez va yuqori aniqlikda olish mumkin bo’lsa, ikkinchi tomondan, virtual tajriba sifatida yuqoridagi tizimlarni modellashtirish, loyihalash, tavsiflash va tahlil qilish mumkin. MATLAB tizimining asosiy oynasi quyidagicha ko’rinishda bo’lib, quyidagi bo’limlardan iborat:
MATLAB da matematik ifodalar ma’lum bir bajarilish tartibiga asosan bajarililadi. Avval mantiqiy amallar, so’ngra arifmetik amallar: avval daraja, keyin ko’paytirish va bo’lish, undan keyin esa qo’shish va ayirish bajariladi. Agar ifodada qavslar bo’lsa, avval qavs ichidagi ifoda yuqoridagi tartibda bajariladi. Matritsalar ustida amallar bajarishda avval transponerlash, keyin darajaga ko’tarish, keyin ko’paytirish, keyin qo’shish va ayirish tartibi amal qiladi. MATLAB da massivlarning ustun-vektor, qator-vektor va matritsa ko’rinishlaridan foydalaniladi. Massivlar kvadrat qavslarga olinib yoziladi. Ustun-vektorning har bir elementi, ya’ni har bir qatori nuqtali vergul bilan ajratiladi.
1. MATLAB sistеmasi qanday masalalarni yеchishga mo’ljallangan?
2. MATLAB oynasining asosiy elеmеntlarini tushuntiring? 3. MATLABning asosiy mеnyu bandlari vazifalari qanday? 4. MATLAB matritsa va vektorlar qanday kiritiladi. 5. MATLAB da massivlar uchun ishlatiladigan buyruqlarni sanang. 6. det, inv, rank buyruqlarining vazifalarini tushuntiring.